"EMMM" DUK yangiliklari

MDH mamlakatlari uchun XEIning 2024 yil mintaqaviy radioaloqa seminari

2024-yil 15-19 aprel kunlari Ostona shahrida MDH mamlakatlari uchun XEI radioaloqa byurosining yetakchi mutaxassislari ishtirokida mintaqaviy radioaloqa seminari bo‘lib o‘tdi. Seminar Qozog‘iston Respublikasi raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi tomonidan tashkil etildi.

ghfgbdvsdvs.jpg

Seminar doirasida “Spektrdan foydalanishni boshqarishning zamonaviy usullari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi. Ushbu Forum sessiyalarida yer usti keng polosali radio texnologiyasi, uyali aloqa qamrovi sifatini monitoring qilish, sun’iy yo‘ldoshli aloqaning tendensiyalari, texnik jihatlar va muammolar, shuningdek, radiochastotalar bo‘yicha milliy rejalarni ishlab chiqish va spektrdan foydalanishni qayta tashkil etish bo‘yicha taqdimotlar ko‘rib chiqildi.

Seminarning asosiy qismi xalqaro miqyosda chastotalardan foydalanishni boshqarishni tartibga solish asoslari, XEI-R tavsiyalari va yer va kosmik xizmatlar tomonidan spektrdan foydalanish bo‘yicha eng yaxshi tajribalar namunalari, shuningdek xalqaro chastotalar ma’lumot registrida chastota taqdimotlarini  ro‘yhatdan o‘tkazish tartib-qoidalari bilan bog‘liq mavzularni qamrab oldi. Shuningdek, XEI tomonidan radio xizmatlariga chastotalarni ajratish uchun talabnomalar yuborish va texnik ko‘rib chiqish uchun ishlab chiqilgan AKT vositalarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa ma’muriyati delegatsiyasi tarkibida “EMMM” DUK mutaxassislari Nadejda Rozikulova – Televideniye va radioeshittirish bo‘limi boshlig‘i va Kudratova Aziza-Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish bo‘limining 1-toifali muhandisi ishtirok etdi.

Faylni tanlang