"EMMM" DUK yangiliklari

Noqonuniy ishlayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 19-aprel kuni O‘zkomnazorat inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy sho‘basi, Xorazm viloyati IIB va Xorazm viloyati EMMX xodimlari tomonidan “REV va YuChQlarni Xorazm viloyatida sotib olish, sotish yoki o‘rnatish, olib kirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish va radixalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2024-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasi”ga asosan Urganch shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbir jarayonida 2 ta holatda jami 12 dona radioelektron vositalariga bayonnomalar rasmiylashtirilib, Xorazm viloyati IIB xodimi tomonidan olib qo‘yildi. Ushbu 2 ta holat yuzasidan  Xorazm viloyati IIB tomonidan MJTKning 152-moddasiga asosan ma’muriy ish yuritilishi belgilab olindi.

 

 

 

Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi H.Matyusupov

Faylni tanlang