Savol va javoblar

  • DVB-H (Digital Video Broadcasting – Handhelds)

    DVB-H tizimi quyidagi multimediya xizmatlarni qo‘lda olib yuriladigan terminallarga uzatish uchun mo‘ljallangan:

    • television dasturlar;
    • tasvir;
    • tovushli ma`lumot;
    • matnli ma`lumotlar;
    • boshqa fayllar.
  • DVB-H tizimining tashkil etilish tarixi
    • DVB-H tizimi– DVB standartlar orasida eng yangi maxsulot •
    • DVB-H tizimi standartlashtirish bo‘yicha ishlar 2002 yilning kuzida boshlandi va 2004 yilning fevral oyida yakunlandi
    • 2004 yil noyabr oyida DVB-H tizimi ETSI ilk standart tahriri bosib chiqarildi
    • 2003 yildan boshlab ko‘pchilik mamlakatlarda DVB-H tizimi bo‘yicha sinov ishlari boshlandi
  • DVB-H Standards Family

  • DVB-H ishlarini motivatsiyalash
    • Jamiyatning uyali aloqaga video ma`lumotlar va yangilikni qabul qilish talablari.
    • Hamma joyda televideniyaning keng tarqalishi, ammo uyali aloqa telefonlarida mavjud emasligi.
    • Uyali aloqa telefonlarini keng tarqalganligi. •“2.5G/3G” toifali o‘xshash qurilmalardan foydalanish juda qimmat.
    • Uyali aloqa sharoitida ham DVB-T tizimining yoqori sifatliligi.

               Qo‘shimcha ravishda quyidagilarni talab qiladi:

    • Batareyali energojamg‘arma ozuqa muammolarini hal etish.
    • Har qanday sharoitda yakka antenna orqali uyali aloqaga ulanishni ta`minlash.
  • DVB-H tizimi xususiyatlari
    • DVB-Tga asoslangan,to‘liq moslashuvchanlik.
    • Mobil va qo‘lda olib yuriladigan terminallar yaxshiroq qabul qilinishini ta`minlash uchun qo‘shinmacha funksiyalarni qo‘shish.
    • Batareyali energo ta`minotni tejash.
    • Yuqori tezlik ma`lumot uzatish bilan mobillikni birlashtirish, yakkachastotali tarmoqlarda ishlash orqali yakka antenalarga qabul qilish.
    • Impuls shovqinlarga bardoshlilik.
    • Umumiy to‘siqlarga bardoshlilikni oshirish.
    • Bir tekis holda xendoverlar ta`minoti (uzluksiz ulanish).
  • DVB-H tizimiga texnik talablarni ta`minlash usullari
    • Qabul qiluvchida energiyani saqlab qolish uchun ma`lumotlar uzatish vaqtini kvantlash.
    • To‘siqqa bardoshlilik va mobillikni oshirish uchun qo‘shimcha kodli muhofaza bilan (MPE-FEC) ko‘pprotokolli inkapsulyatsiyadan foydaydalanish.
    • Qo‘shimcha almashinuv katta chuqur almashinuv bilan (I=12).
    • Moslashivchan mobil qabul qiluvchi uchun 4k rejimda uzatmoq (MFN, SFN).
    • Signalizatsiya (TPS) tizimini yaxshilash.
    • MPE paketlarida IP-protokollar bilan xizmatlarni kiritish.
    • MPEG2 va DVB-H standart xizmatlarida DVB-T multipleksdan birgalikda ishlatish imkoniyati.
    • DVB-T modulyatsiya sxemasi: 16-QAM, FEC 2/3 (1/2).
  • DVB-H tizimi faoliyatining o‘ziga xosliklari

    DVB-H tizimi аvtonom tizim uzatgichi sifatida, yoki DVB-T raqamli TV uzatgich tizimi texnik manbalari jismoniy darajada ishlatilishi mumkin.

    Mavjud multimediya xizmatlarini taqdim etish ikki rejimda amalga oshiriladi:

    • oqimli uzatish;
    • fayllarni uzatish.
  • DVB-H tizimi chastota o‘ziga xosliklari
    • Diapazonlar:

                III (174 – 230 МGs),

                IV (470 – 582 МGs),

                V (582 – 862 МGs) DVB-T tizimi uchun band qilingan.

    • DVB-H tizimini kengaytirish uchun 470 – 650 МGs doirasidan foydalanish tavsiya etiladi.
    • GSM 900 uyali uzatgich bilan birgalikda ishlash davomida yuqori chastotalarda to‘siqlarning paydo bo‘lishi.
  • DVB-H tizimi chastota o‘ziga xosliklari
    • ECC REPORT 4 (Lisbon, January 2002) muvofiq DVB-H tizimi uchun IV diapazoni afzal.
    • Uzoq masofalarga uzatish uchun chastota yetarlicha kam va industrial shovqinlarni oldini olish uchun chastota yetarli darajada yuqori.
    • V diapazonga qaraganda Dopler effekti kamroq.
    • Maqbul antennalar hajmi.
  • DVB-H tizimi chastota o‘ziga xosliklari
    • TV diapazonlaridan tashqarida - 5 MGs polosalarida kanallarda ishlash uchun DVB-T tizimi standartlariga qo‘shimcha imkoniyatlar kiritildi.
    • Ovro‘pada L-diapazonda, 1,452 – 1,492 MGs polosalarida DVB-H tizimidan avtonom ishlash yo‘lga qo‘yilmoqda.
    • 4k rejimdan foydalanishda tizim 33-35kmga uzatgichlarni yoyish bilan yakkachastotali tarmoqlarni qurish imkoniyatini beradi.
  • DVB-H tizimining spektral samaradorligi
    • Birgina radiokanal orqali 8 MGs polosasi orqali DVB-T/H tizimida mobil terminallarga 30-50 oqim videoxizmatlarni yuborish mumkin.
    • Bu TV tizim standart aniqlikka qaraganda 10 baravar yuqori.
    • Yoki bo‘lmasa yuqori aniqlik tizimiga (YuAT) qaraganda 20 baravar yuqori.
  • QVGA (320x240 piks.) uchun misol, 25 kadr/s, 250 kbit/s
    DVB-H tizim
    kanali
    Asosiy
    parametrlar
    Miltipleksa
    xizmatlar soni
    5 MGs, L-
    diapazon
    Rejim 2k,
    GI=1/4, QPSK,
    FEC 1/2, MPE-
    FEC 3/4
    8
    8 MGs,
    UVCh
    Режим 8k,
    GI=1/8, QPSK,
    FEC 1/2, MPE-
    FEC 3/4
    15
  • Vaqtni kavantlash va ma`lumotlar charxpalagi
    • DVB-T kabi DVB-H uzluksiz ma`lumot uzatish o‘rniga o‘z qvant vaqti doirasida ma`lumotlar to‘plamini qabul qilish maxanizmidan foydalanadi – bu IP-ma`lumotlar uzatish charxpalagi deb ataladi.
    • Qabul qiluvchi vaqtning katta qismida faoliyatsiz bo‘ladi, ya`ni boshqaruv signali uzatilishi ko‘magida “o‘chiq” holda bo‘ladi.
    • Natijada 90% ga yaqin elektrdan foydalanishni tejash mumkin bo‘ladi.
  • Kvantlangan vaqt bilan ma`lumot uzatish tarzi

  • Vaqtni kvantlashga misol
    • Agar elementar oqim uzatish tezligi 500 kbit/s ga teng bo‘ladi,
    • MPE ma`lumotlar paketi hajmi 2 Mbitga teng va uzluksiz 4 s ichida uzatiladi,
    • Tizimda maksimal uzatish tezligi 10 Mbit/s ga teng,
    • Shu vaqt davomida MPE paketlari uzatilishi 200 ms ga teng bo‘ladi.
    • Haqiqiy yutuq 90% dan yuqorini tashkil etadi.
  • Uzatish vaqtini kvantlash
  • Ma`lumotlarni statistik charxpalak ravishda uzatishga misol

  • Ma`lumotlarni dinamik charxpalak ravishda uzatish

  • DVB-H tizimi strukturasi

  • Transport paketlari oqimlari, MPE seksiya oqimlari va IP-potoklari o‘rtasida o‘zaro aloqa
  • DVB-H gipotetik qabul qiluvchilarni ma`lumotlarni buferlash modeli

     

    • 1 –transportli oqim;
    • 2 – qaytalanadigan paketlarsiz transportli oqim;
    • 3 – IP-deytagrammalar;
    • 4 – RTP protokollari bo‘ylab foydali yukni boshlang‘ichini dekapsulyatsiya qilish;
    • 5 – doimiy ma`lumot tezligi bilan kodlangan ma`lumotlar;
    • 6 – dekodlangan ma`lumotlarni elementar oqimi.
  • DVB-H tarmoq uzatgichlari
    • DVB-H o‘ziga xos foydalanish – qo‘lda olib yuriladigan terminallarga IP-ma`lumotlar uzatish xizmati (IP-DataCasting, IPDC).
    • Tizim markazida turli xil IP-oqimlari tashkil etiladi, keyinchalik tarmoq uzatgichga uzatiladi.
    • IP-oqimlarni uzatish uchun MPE-FEC tuzilishi seksiyasini uzatishda vaqtni kvantlashni amalga oshiruvchi IP-inkapsulyatorlardan foydalaniladi.
    • UMTS yoki GPRS uyali telefon aloqasi tizimi orqali interaktiv rejim ish faoliyati taminlanadi.
  • O‘rnatish dasturi
    • Keyingi slaydlarda tarmoq konfiguratsiyasiga misollar berilgan:
    • Yagona mulipleksda DVB-H bir vaqtning o‘zida ma`lumotlar uzatish bilan mavjud DVB-T tarmoqlari.
    • Bir radiokanalda DVB-T va DVB-H ierarxik bosqichda ma`lumot uzatish.
    • OFDM 4k sxema modulyatsiyasi bilan DVB-H ajratilgan tarmoq.
  • DVB-H tizimi arxitekturasi

  • DVB-T and DVB-H sharing MUX

  • DVB-T and DVB-H using hierarchical transmission

  • DVB-H dedicated network

  • Newtec firmasi

  • DiBcom firmasi

  • T-Systems Enterprise Services firmasi

  • Unique Broadband Systems firmasi

  • UDcast firmasi

  • Teleko‘rsatuv va radio dasturlarni qabul qilishga halaqit beruvchi to‘sqinliklarni yo‘qotishda kim va qanday qilib yordam berishi mumkin?
    Radiochastota spektri foydalanuvchilari o‘zlarining radoelektr vositalariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan radioto‘sqinlik manba’larini e’lon qilish uchun EMMM ga to‘g’ridan-to‘g’ri murojaat qilishlari mumkin.
    EMMM Yuridik va jismoniy shaxslarning, radiochastota idoralarining radioqabulga halaqit berayotgan radioto‘sqinliklar haqidagi arizalarini qabul qilishni va ko‘rib chiqishni ta’minlaydi.
    Fuqarolarning teleko‘rsatuv va radioeshitturuvlarga halaqit berayotgan to‘sqinliklarni bartaraf qilish bo‘yicha arizalarini EMMM xat shaklida yoki telefon orqali qabul qiladi.
    REV egalarining arizalari qoida bo‘yicha xat shaklida qabul qilinadi. EMMM faqat REVlari ro‘yxadan o‘tkazilgan va uni ishlatishga ruhsatnomalari bo‘lgan foydalanuvchilardan arizalarni qabul qiladi.
    Arizalar erkin shaklda rasmiylashtiriladi, agar radioto‘sqinlik vaqtinchalik xarakterga ega bo‘lsa, arizada radioto‘sqinlikning davom ettishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilishi kerak.
  • H.264/MPEG 4.10 AVC standartda matnni kodlashtirish
    • МSE-Т/ISO/МEK H.264/MPEG-4 Part 10 AVC (H.264/AVC, ISO/IEC 14496-10:2005) qo‘shma standart kodlashtirish texnologiyasi va audio-vizual axborotlarni siqish uchun yangi istiqbol hisoblanadi.
    •  Kodlangan material teng bo‘lgan ravishda H.264/AVC standartning siqish samarasi MPEG-2 standartga nisbatan 2-2.5 martaga yuqori.
  • H.264/AVC afzalliklari
    • Bir xil sifatli standart tasvir uzatishda MPEG-2 ga qaraganda H.264/AVC da raqamli oqim ikki baravar kam tezlikni talab qiladi. Bu yoki standart sifatli dasturlar sonini oshirishga, yoki TVCh dasturlarini amalga oshirishga imkoniyat tug‘diradi.
    • MPEG-2 dan farqli ravishda H.264/AVC standart raqamli oqimning eng kam tezligida (1.16 standart ajrata olishida) eng kam ajrata olishda tasvirlarni yuborish imkoniyatini beradi. Bu uyali aloqa telefonlarida, ChK, avtomashinalarning TV qabul qiluvchilarida uncha tiniq bo‘lmagan TV dasturlarni tashkil etish imkoniyatini beradi.
  • H.264/MPEG 4.10 AVC da transportlashtirish
    • MPEG-4 standartida transport darajasi aniqlanmagan. Ko‘pchilik hollarda kanalga moslashuvchanlikning quyidagi variantlari taklif etiladi:
    • MPEG-2 transport paketlari tarkibida transportlashtirish.
    • IP-protokollari ko‘magida transportlashtirish.
  • Ovro‘pa tavsiyanomasi
    • EBU (Tech 3307 “Service Requirements for Free-to-Air High Definition Television Receivers”, Geneva, June 2005) hisob-kitobiga muvofiq 2005 yil iyul oyidan keyin tashkil etilgan yangi TVCh xizmatlari H.264/AVC yoki VC1 kodlashtirish sxemasidan foydalanishlari shart.
    • ETSI TS 101 154 guvohnomada ko‘rsatilgan bo‘yicha, ma`lumotlarni uzatishda MPEG-2 paketlashtirish qo‘llanishi shart.
  • H.264/MPEG 4.10 AVC sandartida matnlarni kodlashritish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
    • raqamli TV dasturlar uzatish tezligiga bo‘lgan talabni kamaytiradi;
    • standart (TSCh) va yuqori aniqlikda (TVCh) TV dasturlarni bir vaqtning o‘zida qabul qilishni amalga oshirish;
    • abonent dekoderining almashtirish zaruriyatini uzoq vaqtga chiqarib tashlash
  • Sputnikli traktlar

    Transponder 36 МGs;

    MPEG-2: 4,4 Мbit/s (ТSCh), 18 Mbit/s (TVCh) uchun bitreyt;

    MPEG-4: 2,2 Мbit/s (ТSCh), 9 Mbit/s (TVCh) uchun bitreyt;

    DVB-S
    + MPEG-2
    DVB-S2
    + MPEG-4.10
    TSCh dasturlar
    soni
    7 21
    TVCh dasturlar
    soni
    1-2 5
  • Radioto‘sqinliklar bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish va hal etish muddati qanday?

    Radioto‘sqinlilarni bartaraf etish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati arizaning kelib tushgan va EMMMda ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab to radioto‘sqinlikning aniqlanishi va bartaraf qilinishigacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladi.
    Radioto‘sqinliklarni bartaraf etish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish va hal etish muddatlari:
    - 5 ish kuni –  agar radioto‘sqinlik manba’sini izlash talab etilmasa;
    - 12 ish kuni – agar radioto‘sqinlik manab’sini izlash talab etilsa.
    Radioto‘sqinlik manba’sini topishda qiyinchiliklarga duch kelinsa, arizani ko‘rib chiqish muddati 30 kungacha uzaytirilishi mumkin va bu haqda arizachi ogohlantirilishi kerak.
    DV, SV va KV diapazonlardagi radioeshittiruv dasturlarini qabul qilishga halaqit berayotgan radioto‘sqinliklarni EMMM agar qabuli buzilayotgan radiostansiya shu hududni radioeshittiruv bilan ta’minlashga mo‘ljallangan bo‘lsagina bartaraf etadi va bu haqda arizachiga dalilli javob xati yuboriladi.
    EMMM teleko‘rsatuv va UQT raadioeshittiruv dasturlarini qabul qilishga halaqit berayotgan radioto‘sqinliklarni agar qabul uskunasi qat’iy qabul zonasida joylashgan bo‘lsagina bartaraf etadi va bu haqda arizachiga dalilli javob xati yuboriladi.

  • Kerakli ravishda rasmiylashtirilmagan VOJAGER, SENAO, BADA, SONY, NOKIA, MOTOROLA, HARVEST va boshqa turdagi radiotelefon uzaytirgichlardan foydalanish qanday oqibatlargan olib kelishi mumkin?
    O‘zbekison Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.98 yildagi 293-sonli “Chastota spektridan foydalanish, teledasturlarni va ko‘rsatuvlarni shakllantirish va tarqatish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi Qonuniga asosan:
    Ilova 7. 14-band. Vazirliklar, tashkilotlar, korxonalar, idora va muassasalar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el yuridik shaxslari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan kerakli ruhsatnomasiz tayyorlangan yoki sotib olingan radioelektron  vositalar va yuqori chastotali uskunalar qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda jinoiy javobgarlikka tortilguncha musodarada saqlanadi.
    O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksiga asosan:
    152-Modda. Radioelektr vositalardan va yuqori chastotalar uskunalardan foydalanish tartibini buzish.
    Radioelektron vositalarni va yuqori chastotali uskunalarni loyihalash, ishlab chiqarish (o‘rnatish) va ishlatish qoidalarini, radioeshittiruv va radiochastotalardan foydalanish tartibini buzish, radio nurlanish bo‘yicha davlat standartlariga, normalariga va ruhsat etilgan parametrlarga rioya qilmaslik fuqarolarga ikkitadan beshta minimal oylik miqdorigacha va mansabdor shaxslarga beshtadan yettita minimal oylik miqdorigacha jarima solinishiga olib keladi va bunda radioelektron  vositalar, yuqori chastotali uskunalar musodara qilinishi mumkin.
    Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida keltirilgan tartiblarni jinoiy javobgarlikka tortilgandan so‘ng bir yilning o‘zida ikkinchi marta buzish fuqarolarga beshtadan yettita minimal oylik miqdorigacha va mansabdor shaxslarga o‘ntadan o‘n beshta minimal oylik miqdorigacha jarima solinishiga olib keladi va bunda radioelektron vositalar, yuqori chastotali uskunalar musodara qilinishi mumkin.
  • Envivio MPEG-4 Encoding Solutions for Delivering Digital Television From Mobile to HD
  • O‘zbekiston hududida qanday radiotelefon uzaytirgichlardan foydalanish mumkin?
    30.06.2000dan SEAO firmasining SN turdagi 568, 868, 968 modelli radiotelefon uzaytirgichlardan foydalanish uchun 252,625 – 259,2125 MHz va 378,975 – 5625 MHz radiochastota polosalari ajratilgan.
    30.04.2002 dan ALCON-3, BADA-3810-3810, SONY-3810 va SONY-6810 turdagi radiotelefon uzaytirgichlardan foydalanish uchun 252,625 – 259,2125 MHz va 378,975 – 385,5625 MHz radiochastota polosalari ajratilgan.
    Ajratilgan polosalardagi ishlaydigan chastotalardan foydalanish ikkilamchi asosda amalga oshiriladi.
    Har bir olib kirilayotgan radiostantsiya uchun RTDRning roziligi va O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan sertifikat bo‘lishi kerak. Aniq turdagi va aniq sondagi radiotelefon uzaytirgichlar olib kirish uchun ruhsatnoma EMMMda  rasmiylashtirilishi lozim.
    Radiotelefon uzaytirgichlarni sotish faqat ushbu REVni ishlab chiqaruvchisining yetkazib berishga va/yoki sotishga ruhsat beruvchi kerakli hujjati va EMMM bilan shartnoma mavjud bo‘lsagina sotish mumkin.
    Olib kirilgan radiostantsiyalar faqat EMMMdan ularni sotib olish va radioto‘lqinlardan foydalanishga ruhsat olgan xaridorlarga sotilishi (yetkazib berilishi) mumkin. Sotib olingan uzaytirgichlardan EMMMda ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng va kerakli ruhsatnoma olingandan keyin foydalanish mumkin.
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida qanday radioelektron vositalardan ruhsatnomalarni rasmiylashtirishsiz foydalanish mumkin?
    O‘zbekkiston Respublikasining Radiochastotalar bo‘yicha Davlat Komissiyasining 25.08.98 dagi 83-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligining ruhsatisiz olib kirilishi va ishlatilishi mumkin bo‘lgan radioelektron  vositalar va yuqori chastotali uskunalar ro‘yxati tasdiqlangan.
    Savdo tarmog’i orqali sotilishi ruhsat etilgan audio va videotexnika (ovoz va video yozuvchi va chiqaruvchi apparatura, radioto‘lqin tarqatuvchi uskunalardan tashqari).
    Quvvati 5 Vt dan ortiq bo‘lmagan 2696-27860 kHz diapazonida ishlovchi portativ qabul qiluvchi va tarqatuvchi radiostantsiyalar.
    Quvvati 2 Vt dan ortiq bo‘lmagan 18945-26965 kHz diapazonida ishlovchi qo‘riqlash radio-signalizatsiya uskunalari.
    Quvvati 10 vVtdan ortiq bo‘lamagan simsiz telefonlar (katta bo‘lmagan masofaga radio uzaytirish uchun mo‘ljallangan telefon apparatlari)
    Shaxiy foydalanish uchun mo‘ljallangan uyali radiotelefon abonent terminallari.
    Quvvati 5 Vt dan ortiq bo‘lmagan ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan  (yuklanadigan qurilmadagi) yuqori chastotali qurilmalar.
    Davolashda ishlatiladigan tibbiyot uchun mo‘ljallangan yuqori chastotali qurilmalar.
    Uy xo‘jaligida uchun mo‘ljallangan va faqat savdo tarmog’i orqali sotilishi mumkin bo‘lgan yuqori chastotali qurilmalar (mikroto‘lqinli pechlar, uy yumushlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan yuqori chastotali uskunalar).
  • Televizion va radio dasturlarni qabul qilishga halaqit beruvchi to‘sqinliklarni yo‘qotishda kim va qanday qilib yordam berishi mumkin?

     

    Radiochastota spektri foydalanuvchilari o‘zlarining radoelektr vositalariga salbiy ta`sir ko‘rsatayotgan radioto‘sqinlik manba`larini e`lon qilish uchun EMMM ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkin.


    EMMM yuridik va jismoniy shaxslarning, radiochastota idoralarining radioqabulga halaqit berayotgan radioto‘sqinliklar haqidagi arizalarini qabul qilishni va ko‘rib chiqishni ta`minlaydi.


    Fuqarolarning televideniye va radioeshitturuvlarga halaqit berayotgan to‘sqinliklarni bartaraf qilish bo‘yicha arizalarini EMMM xat shaklida yoki telefon orqali qabul qiladi.


    REV egalarining arizalari qoida bo‘yicha xat shaklida qabul qilinadi. EMMM faqat REVlari ro‘yxadan o‘tkazilgan va uni ishlatishga ruhsatnomalari bo‘lgan foydalanuvchilardan arizalarni qabul qiladi.


    Arizalar erkin shaklda rasmiylashtiriladi, agar radioto‘sqinlik vaqtinchalik xarakterga ega bo‘lsa, arizada radioto‘sqinlikning davom ettishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilishi kerak.

  • Kabelli teleko‘rsatuv tarmog‘ini (KTKT) ishlatishga ruhsat olish uchun qanday hujjatlar kerak?
    Yuridik yoki jismoniy shaxs KTKTning joylashgan joyi va ishlatilishi mumkin bo‘lgan u yoki bu radiochastota kanalini ekspertiza qilishlarini so‘rab EMMga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
    a) Ishlatilishi mo‘ljallanayotgan uskunalarning texnik tasniflari.
    b) Translyatsiya qilinishi mo‘ljallanayotgan dasturlar soni.
    d) Agar KTKTni loyihalash ishlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqarida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, viloyatning yoki Qoraqalpog’iston Respublikasining elektromagnit moslashuv hizmati (Samarqand texnik nazorat stansiyasi) xulosasi.
    Teledasturlarni KTKT orqali tarqatish huquqiga ega bo‘lish uchun arizachi EMM hizmatiga yoki EMMMga KTKTni loyihalash va qurishga ruhsat berishlarini so‘rab rasmiy iltimos bilan murojaat qiladi. Iltimosnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
    a) Teledasturlarni tarqatish faoliyatiga huquq beruvchi litsenziya nusxasi.
    b) Ushbu turdagi uskunani O‘zbekiston Respubliksi hududida ishlatish mumkinligi haqidagi RCHDKning qarori.
    d) KTKT uskunasiga moslik sertifikati.
    e) Sanitar-epidemologik nazorat hizmati bilan KTKTning o‘rnatilish joyini kelishganlik haqidagi hujjat.
    Ishlatishga ruhsatnoma olish uchun arizachi EMMMning kerakli bo‘limiga quyidagi hujjatlar ilova qilingan iltimosnama bilan murojaat qilnadi:
    KTKTga kerakli shaklda to‘ldirilgan so‘rovnoma.
    a) Sanitar-epidemiologik nazorat organi tomonidan berilgan KTKTning sanitar pasporti.
    b) O‘rnatilgan uskunaning moslik sertifikati.
    d) Kerakli tartibda kelishilgan va tasdiqlangan KTKTning loyihalash hujjatlari.
    Bir nechta KTKTning egasi bo‘lgan shaxs yuqorida keltirilgan hujjatlarni har bir KTKT uchun  topshirishi kerak.
  • Raqamli uzatishga o‘tish qanday imkoniyatlarga ega?

    Asosiy imkoniyatlar:

    • shovqinlarga bardoshlik xisobiga doimiy sifat;
    • ma`lum texnik xarakteristika doirasida tovush va tasvirning yuqori sifatliligi;
    • radiochastota spektridan foydalanish samaradorligini, shuningdek yakka chastota tarmoqlaridan foydalangan holda oshirish;
    • eksplutatsion chiqimlarni kamaytirish - uzatgichlar soni va quvvati (TV dastur uchun kamida 10 marta);
    • dasturlar soni va turlarini ko‘paytirish;
    • yangi xizmatlarni tashkil etish imkoniyati (talabga ko‘ra video, elektron yangiliklar va h.z.).
    • Analog-raqamli uzatgichning an`anaviy uslubi - 1 TV dasturni uzatish uchun TV signallarni 270 Mbit/s tezlikda uzatish zarur (6-8 MGs kanalida mavjud emas)
    • Zamonaviy texnologiyalarning tasvirlarni siqishi 4-6 TV «oddiy» dasturlarni yoki 1 «yuqori sifatli» dasturlarni va 1-2 «oddiy» dasturlarni 6-8 MGz kanalida 20 Mbit/s tezlikda ta`minlaydi.
    • «integratsion xizmatlar bilan tizim uzatgichini» tashkil etish imkoniyati (TV va TU dasturlar + INTERNET, video va h.z.)
  • DVB-H tizimini doimiy ravishda ishlatadigan mamlakatlar
    • Albaniya – umummilliy tarmoq 23.01.2007 yil 50% dan ko‘proqni tashkil etadi.
    • Vetnam (Xanoy, Xо-shi-min) – umummilliy tarmoq, 21.12.2006 dan boshab 2 yil davomida yakunlanishi kerak.
    • Finlyandiya – 1.12.2006 yildan – umummilliy tarmoq.
    • Fransiya – 2007 yil davomida amalga oshirish mo‘ljallanmoqda.
    • Olmoniya (Berlin, Potsdam) – 30.08.2006 yildan tarmoq tashkil etilgan.
    • Ispaniya - 2007 yil davomida amalga oshirish mo‘ljallanmoqda.
    • Italiya – umummilliy tarmoq - 22.07.2006 yil 2000 dan ortiq aholi punktlarini qamrab oldi.
    • Rossiya (Sverdlovskiy) – 2006 yil noyabr oyidan 2007 yil mart oyigacha tajriba zonasi, 2007 yil aprel oyidan ishga tushirish mo‘ljallanmoqda.
    • AQSh (Las Vegas) – 15.12.2006 yil amalga oshirilgan.
    • Janubiy Afrika (Yohansburg, Pretoriya) – 2001 yilning 1-choragida amalga oshirish mo‘ljallamnoqda.
  • Uyali televideniya va shu bilan birga DVB-H tizimi sohasida tekshiruv ishlarini olib boradigan tashkilotlar
  • DVB-H tizimida ETSI standart
    • ETSI EN 302 304 V1.1.1 (2004-11) Digital Video Broadcasting (DVB); Transmission System for Handheld Terminals (DVB-H)
    • ETSI TS 102 470 V1.1.1 (2006-04) Digital Video Broadcasting (DVB); IP Datacast over DVB-H: Program Specific Information (PSI)/Service Information (SI)
    • ETSI TS 102 471 V1.2.1 (2006-11) Digital Video Broadcasting (DVB); IP Datacast over DVB-H: Electronic Service Guide (ESG)
    • ETSI TS 102 472 V1.2.1 (2006-12) Digital Video Broadcasting (DVB); IP Datacast over DVB-H: Content Delivery Protocols
    • ETSI TR 102 377 V1.2.1 (2005-11) Digital Video Broadcasting (DVB); DVB-H Implementation Guidelines
    • ETSI TR 102 401 V1.1.1 (2005-05) Digital Video Broadcasting (DVB); Transmission to Handheld Terminals (DVB-H);Validation Task Force Report
    • ETSI TR 102 469 V1.1.1 (2006-05) Digital Video Broadcasting (DVB); IP Datacast over DVB-H: Architecture
    • ETSI TR 102 473 V1.1.1 (2006-04) Digital Video Broadcasting (DVB); IP Datacast over DVB-H: Use Cases and Services
  • DVB-H tizimi uzatish tezligi

    Qabul
    qiluvchi turlari
    H.264/AVC
    darajasi
    Video
    ajrataolishi
    Maks. tezlik,
    kbit/s
    Odatiy
    foydalanish
    A 1 QCIF = 176 x
    144, 15 Гц
    128 UMTS
    telefon
    B 1.2 CIF = 352 x
    288, 15 Гц
    384 UMTS, KPK
    telefon
    C 2 CIF = 352
    x 288, 30 Гц
    2.000 Cho‘ntak
    qabul
    qiluvchisi
    D 3 SDTV = 720
    x 576, 25 Гц
    10.000 Televizor
    E 4 HDTV = 1920
    x1080, 25 Гц
    20.000 Televizor
  • DVB-T/H uzatish rejimi
    OFDM parametrlari Rejim
    2k 4k 8k
    Turib turuvchilar soni (BPF) 2048 4096 8192
    Modulyatsiyalovchilar soni 1705 3409 6817
    Foydali tutib turuvchilar soni 1705 3409 6817
    OFDM begisining davomiyligi, mks 224 448 896
    Himoya intervalining davomiyligi, mks 7, 14,
    28, 56
    14, 28,
    56, 112
    28, 56,
    112, 224
    Tutib beruvchining yetkazib berilishi, kGs 4,464 2,232 1,116
    Uzatgichlar o‘rtasidagi maksimal masofa, km 17 33 67
  • H.264/AVC standart imkoniyatlari
    Foydalalish senariyasi Kadrlar ajrata
    olish va
    chastotasi
    Uzatish tezligi,
    Kbit/s
    Mobil kontent 176x144, 10-
    15 fps
    50-60
    Internet/ Standart.
    aniqlik
    640x480, 24
    fps
    1000-2000
    Yuqori aniqlik 1280x720, 24p 5000-6000
    To‘liq yuqori aniqlik 1920x1080,
    24p
    7000-8000
  • H.264/AVC kodeklari evalyusiyasi (Thomson firmasi ma`lumotlari bo‘yicha)
    Sentabr
    2005 y.
    2006 yilning
    2-yarm
    yilligi.
    2-e
    полугодие
    2007 г.
    Uzatish tezligi
    H.264/AVC HD,
    Мbit/s
    8,4 – 12,6 6 – 9 5 – 7,6
    MPEG-2 ga
    qaraganda
    H.264/AVC
    yutug‘i
    30% 50% 58%
  • MPEG-4 qurilmasini ishlav chiqaruvchilar
    Kompaniya Qurilmalar
    Envivio Inc. 4Caster HD3 – TVCh koder uzatgich
    4Caster B3, 4Caster 3500 – TSCh koderlar uzatgichi
    4View 4500, 4View 4010 – TSCh professional dekoderlar
    SAGEM IAD80-SD – TSCh uchun STB
    IAD80-HD – TVCh uchun STB
    SkyStream
    Networks
    MPEG-2 kontentni MPEG-4 ga transkoder qilish.
    DVB kabel va sputnik tarmoqlari uchun bosh stansiyalarning qurilma tarkibiga submodel transkoderini
    kiritish : Mediaplex-20 (48 kanallar) va iPlex (8 kanallar).
    StreamTel
    Corporation
    E264-HD - MPEG4 H.264 koder TVCh/TSCh
    E264-SD - MPEG4 H.264 koder TSCh
    D264-HD - MPEG4 H.264 ASI dekoder TVCh/TSCh
    D264-SD - MPEG4 H/264 ASI dekoder TSCh
    TANDBERG
    Television
    EN5990 – TVCh koder
    EN5930 – TSCh koder
    Harmonic
    Inc.
    DiviCom Electra™ 5000 – multiservis kodlash platformasi (TSCh 2 koderlari, TNCh bir qancha qoderlari)
    DiviCom MV 3500 – TVCh koder (1080i va 720p formatlar)
    DiviCom MV 100 – TSCh koder
    DiviTrackIP – statistik multipleksor ProCipher IP Scrambler / Multiplexer– chegaralangan ulanish qurilmasi
    NEOTION Umumiy interfays uchun MPEG-2 dan MPEG-4ga transkoderlash PCM/CIA xaritalar ko‘rinishida amalga oshiriladi
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida Wi-Fi texnologiyalari bazasida ma`lumotlar uzatishning ofis ichki tarmoqlarini tashkil etish uchun yo‘naltirilgan Radioelektron manbalardan foydalanish tartib qoidalari qanday?

    O‘zbekiston Respublikasi hududida Wi-Fi texnologiyalari bazasida ma`lumotlar uzatishning ofis ichki tarmoqlarini tashkil etish uchun yo‘naltirilgan Radioelektron manbalardan foydalanish va ularga egalik qilish chora tadbirlari haqidagi tez-tez so‘raladigan savollar yuzasidan, Elektromagnit Moslashuv Markazi shuni ma`lum qiladiki, hozirgi vaqtda ko‘rsatilib o‘tilgan Radioelektron manbalarni sotib olish va ulardan foydalanish faqatgina EMMMda tegishli ruxsatnomalarni to‘ldirgandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.

    Ruxsatnoma hujjatlarini umumiy to‘ldirish tartib qoidalari “O‘zbekiston Respublikasi hududida radio chastota spektri va radioelekrton manbalaridan foydalanishni tartibga solish chora tadbirlari haqidagi nizom” da ko‘rsatilib o‘tilgan. (O‘zRes AV tomonidan №1531-1 sonli 19.05.07y ro‘yxatga olingan )

    Shu bilan birga O‘zRes RChDKning 22.12.2005 yil qabul qilingan №4/7-sonli va 06.10.2006 yil qabul qilingan №3/5-sonli qaroriga muvofiq, ushbu Qarorda ko‘rsatilib o‘tilgan texnik xarakteristikalar ko‘rsatgichlariga muvofiq keladigan Wi-Fi texnologiyalari bo‘yicha ma`lumotlarni uzatishda, ofis ichki tarmoqlarini ishlatish uchun 2400-2483,5 MGz va 5250-5350 MGz ikkilamchi radiochastota doirasidan foydalanishga ruxsat etilgan.

    Ya`ni Wi-Fi tarmoqlari uchun ruxsatnomalarni to‘ldirish umumiy tartibi, (ma`lum bir talablarga muvofiq) ma`lum bir ariza beruvchilar tomonidan qurilmalardan foydalanish uchun RChDK qarorlari hujjarlarni to‘ldirishdan tashqari, saqlanib qolinadi.

    Bundan tashqari Wi-FI tarmoq ma`lumotlar uzatishni yo‘lga qo‘yish uchun tarmoq egasi O‘zbekiston Aloqa va Axborotlashtirish agentligida muvofiqlashtiruvchi litsenziyalarni rasmiylashtirishi zarur.

  • Turli xil zaruratlarda kerak bo‘lgan, 1:200000 masshtabdagi topografik xaritalarni qayerdan olsa bo‘ladi?
    Savol:
    “O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastotali spektr va radioelektron vositalardan foydalanishni nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” (Adliya Vazirligi tomonidan 7.12.2005 yil №1531 ro‘yhatdan o‘tkazilgan)ning 32 nizom talablariga binoan, “REV ni joylashtirish layihasi…”ni rasmiylashtirishda kerak bo‘lgan 1:200000 masshtabli topografik xaritani qanday qilib olsa bo‘ladi?
    Javob:
    1) REVni joylashtirish loyihasini maxsus ixtisoslashgan loyiha tashkiloti amalga oshirishi mumkin, misol uchun “Aloqaloyiha” DUK (tel. 2333215, 2416358);
    2) 1:200000 masshtabdagi xaritani sotib olish masalalari bo‘yicha, Davlat kartografiya fondiga murojaat qilishingiz mumkin (tel. 2465506)
  • Bizning shahrimizda band bo‘lmagan televizion kanallar ko‘p, ya’ni qabulga sozlanib, hech qanday ko‘rsatuv ko‘rsatilmaydi, biroq ushbu kanal foydalanishga ham berilmaydi. Nimaga?
    Halaqit beradigan TV (yoki Radioeshittirish) stansiyalari ta’sir hududi, xizmat ko‘rsatish hududidan ancha katta hisoblanadi. Misol uchun, 100Vt quvvatli uzatgich, radiusi 11 km bo‘lgan xizmat ko‘rsatish hududiga ega. Boshqa radiostansiyalarning qabuliga halaqit qilishi mumkin bo‘lgan masofa, taxminan 111 km teng. Eshittirishni tashkil qilish uchun chastotalarni tanlashda, har bir punktda eng asosiy omil deb, yangi uzatkichning tashkil bo‘lgan uzatish tarmog‘ida hech qanday halaqitlarsiz ishlashi hisoblanadi.
  • Qoplash hududini qanday oshirsa bo‘ladi?
    Qoplash hududiga uzatuvchi antenna katta ta’sir ko‘rsatadi. Antennani yaqin atrofdagi uylardan 5 metrcha teparoq ko‘tarilishi, xizmat hududini ancha oshirishi mumkin: bu uzatkichning quvvatini taxminan 10 marta oshirgan bilan barobardir. 25 Vt kuchaytirgich bilan 10 dBga teng bo‘lgan kuchaytirish koeffisentli antennadan foydalanish, 250 Vt nurlanish quvvatiga teng bo‘lgan uzatkich bilan barobardir.
    Qoplash hududini oshirish masalasini ko‘rib chiqish jarayonida, ishlatilayotgan asbobning maksimal quvvati elektromagnit moslashuvchanlik omili bilan cheklanishini esda tutuish kerak va bu kabi masalalar EMMM bilan birgalikda hal qilinishi kerak.
  • UQT (УКВ) da 5 Vatt qaysi uzoqlikda eshitiladi?
    Ushbu savolga aniq bir javob mavjud emas. Agar shaharda (uylarning birinchi qavatlarida), stansiya aniq qabul qilinishi uzoqligi 500 metr tashkil qilayotgan bo‘lsa, qishloq joylarda, va tepalikda ushbu uzatuvchi 30 km va undan ortiq uzoqlikda eshitilishi mumkin. Haqiqatda rsa, yaxshi yuqori ko‘tarilgan antenna tizimlari va sezgir uzatuvchisan foydalangan holda, shaharda qoplash hududi 5 km tashkil qiladi. Tashqi qabul qiluvchi antennalardan foydalanilganda esa, qabul uzoqligi 20 – 45 kilometrgacha o‘sishi mumkin.
  • Koʼp qavatli binolar ichida barqaror aloqaga erishish mumkinmi?

    Bugungi kunda sotali aloqa signallarni kuchaytiruvchi maxsus kamquvatli (500 mVt) repitorlar mavjud boʼlib, ulardan foydalangan xolda joylarda barqaror aloqaga erishish mumkin. Ushbu repitorlardan Radiochastotalar boʼyicha Respublika Kengashining 2011 yildagi №256-son qaroriga muvofiq foydalanish va ularni oʼrnatishda malakali mutahassislar xizmatidan foydalanish tavsiya etiladi. Аks xolda oʼzboshimchalik bilan oʼrnatilgan bunday repitorlar oʼziga yaqin boʼlgan mobil aloqa BSlarini ish faoliyatida radiohalaqitlar keltirib chiqaradi.

  • Nima sababdan xona ichida radioaloqa barqaror emas yoki mutlaqo aloqa boʼlmaydi?

    Xonani tashkil etuvchi devorlar radiotoʼlqinlarni soʼndiruvchi qurilish materiallaridan yaʼni gʼisht, temir va beton mahsulotlaridan iborat boʼlganligi uchun xona ichida barqaror radio aloqaga erishib boʼlmaydi.

  • O‘zbekiston Respublikasida FM radioeshittirish uchun qaysi diapazondan foydalaniladi?

    87,5-108 MHz

  • Olib kirish uchun ruxsatnoma radiochastotadan foydalanish va REVni eksplustatsiya qilish uchun asos bo‘la oladimi?

    Olib kirish uchun ruxsatnoma radiochastotadan foydalanish va REVni eksplustatsiya qilish uchun asos bo‘lib xisoblanmaydi.

  • DVB-T2 standarti nima?

    DVB standartlari guruhiga kiruchi Yevropa standartidagi ikkinchi avlod efirli raqamli teleeshittitish standarti.

  • DVB-T2 standartidagi 8 MHz li polosa kengligidagi bitta televizion kanalda qancha raqamli televizion kanal efirga uzatilishi mumkin?

    Uzatiladigan tasvirning sifatiga qarab. Standart sifatli SD uchun o'rtacha 16 tagacha telekanal uzatilishi mumkin.

  • DVB-T2 standartida qaysi polosa kengligi ishlatiladi?

    1,7; 5; 6; 7; 8 va 10 MHz. O’zbekiston Respublikasida 8 MHz polosa kengligi ishlatiladi.

  • Radiochastota taqdimotlariga qo‘shni mamlakatlardan kelib tushayotgan halaqitli ta’sirlardan, xalqaro huquqiy himoyani qanday qilib rasmiylashtirsa bo‘ladi?

     

    Radiochastota taqdimotlarining xalqaro huquqiy himoyasi, EMMM DUKning asosiy vazifalaridan biri deb hisoblaniladi. Ushbu himoyani rasmiylashtirish uchun, EMMM DUKning Radiochastota taqdimotlarining muvofiqlashtirish bo‘limiga murojaat qilib, unga xalqaro himoyaga muxtoj bo‘lgan REVning texnik xarakteristikasi taqdim etilishi kerak. EMMM DUKning amaldagi tarifiga asosan, REVning turiga qarab, ushbu xizmat 3 ming so‘m dan 138 ming so‘mgacha deb belgilangan. Tel. +99895 340-41-07 Radiochastota taqdimotlarining muvofiqlashtirish bo‘limi
  • Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish nima?
    Ma’lum davlatdan, qo‘shni davlat radioelektron vositalari radiochastota taqdimotlarini texnik xususiyatlariga muvofiq ravishda ishlashiga roziligini olish tartibi.
  • Qanday radiochastota taqdiomtlari REVlarning turlari majburiy xalqaro muvofiqlashtirilishi va XRIda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak?
    Barcha radiochastota taqdimotlari xalqaro muvofiqlashtirishga bo‘ysunadi, faqat QT ​​radioeshittirish, radio havaskor xizmatlari va kema stansiyalari bundan mustasno.
  • O‘zbekiston Respublikasida radioelektron vositalarning radiochastota taqdimotlarini xalqaro huquqiy muhofaza qilishning asosiy choralari qanday?

     

    • radiochastota taqdimotini xalqaro muvofiqlashtirish zarurligini aniqlash va amalga oshirish;
    • radiochastota taqdimotlarini e’lon qilish va Xalqaro radiochastota registri katalogidan ro‘yxatdan o‘tkazish;
    • zararli xalaqitlar ehtimoli bo‘yicha texnik ekspertizani o‘tkazish va rejalashtirilgan va mavjud bo‘lgan mahalliy REVga nisbatan e’lon qilingan xorijiy REVlarning EM bahosi;
    • XRIda e’lon qilingan va ro‘yxatdan o‘tgan barcha radiochastota taqdimotlari bo‘yicha ma’lumotlar bazalarini yaratish va saqlash.
  • Bino ichida Wi-Fi orqali internet tarqatish uchun ruxsatnoma olish kerakmi? Agar ruxsatnoma kerak bo‘lsa, kimga murojaat qilishim kerak? Ro‘yxatga olish muddatlari qanday?

     

    2020-yil 29-oktabrdagi 612-sonli RCHRK qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish tizimlarini 2400-2483.5 MGs, 5150-5250 MGs, 5250-5350 MGs, 5210-5350 MGs, 5520-5550 MGs, 5570-5650 radiochastota polosalarida ikkilamchi asosda foydalanishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirmasdan foydalanishga ruxsat beriladi, agar samarali izotropik nurlanish quvvati (EIRP) 100mVt ya’ni( 20 dBm)dan ortiq bo‘lmasa;

    Shu bilan birga ushbu radioelektron vositalarning samarali izotropik nurlanish quvvati 100mVt dan oshsa, ushbu radioelektron vositalar uchun ruxsatnomalar belgilangan tartibda «Elektromagnit moslashuv markazi» DUKda rasmiylashtirilishi zarur bo‘ladi.
  • 71-76 GGs va 81-86 GGs radiochastota polosalaridan foydalanishga ruxsatnoma olish uchun rasmylashtirish muddatini qisqartirish va soddalashtirish tartibi bormi?
    Radiochastotalar bo‘yicha respublika Kengashining 2020 yil 19 oktabrdagi №. 610 sonli "Turg‘un xizmati radioelektron vositalaridan foydalanish tartibini soddalashtirish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri radiorele stansiyalaridan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan zamonaviylashtirish, ishlab chiqarish, modernizatsiya, chet-eldan olib kirish va foydalanishga ruxsatnomalar berish uchun rasmiylashtirish tartibi soddalashtirilgan, ya’ni, RRSning texnik parametrlari ushbu qarorning ilovasida keltirilgan texnik tavsiflariga mos kelganda kengashning alohida qarorlarini rasmiylashtirmasdan foydalanishga ruxsat etiladi.
  • GPS qabul qilgichdan foydalanish uchun ruxsatnoma ta’lab qilinadimi?
    Radioto‘lqinlarni uzatish uchun mo‘ljallanmagan REVga EMMM tomonidan ruxsatnoma olish ta’lab qilinmaydi.
  • Xarid qilish va o‘rnatish uchun rasmiylashtirilgan ruxsatnoma xujjatlari bundan oldingi egasiga berilgan bo‘lsa, bu xolda ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish kerakmi?
    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 7 dekabrda 1531-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, “O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektri va radioelektron vositalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” gi nizomning 87 bandiga asosan, REVlarni bir shaxsdan boshqa bir shaxs nomiga rasmiylashtirilishi yoki sotilishi, Elektromagnit moslashuv markazi (EMMM)ning tegishli ruxsati orqali amalga oshiriladi.

    Nizomning 6 va 9 bandida keltirilgan tartibga asosan REVlardan foydalanish uchun, yangi egasi tomonidan barcha kerakli ruxsatnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.