Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Bosh yuriskonsult lavozimiga tanlov e’lon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vazirlikning Yuridik boshqarmasi Bosh yuriskonsult lavozimiga ishga qabul e’lon qiladi. Nomzodga qo‘yilgan asosiy talablar quyidagilardan iborat: ➖ O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. ➖27 yosh va undan yuqori. ➖ oliy yuridik ma’lumotga ega shaxs (magistraturani bitirganlarga ustunlik beriladi). ➖ vazirlik, davlat idoralari va qo‘mitalarida, tashkilotlarida yuridik xizmat xodimi sifatida kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lish (axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida ish tajribasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi). ➖ o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish (uchala tilda ham ish yuritish tajribasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi). ➖ guruhda yakdillikda ishlash qobiliyatiga egalik. ➖ hamkasblar hamda vazirlik hamkorlari bilan munosabatlarni o‘rnatish va ish olib borishda o‘zaro-hurmat va xushmuomalalik tamoyillari asosida ish yurita olish. ➖ oldiga qo‘yilgan vazifa va muammolarni tahliliy yondashgan holda hal qilish qobiliyatiga egalik. ➖ maqsad sari intila olish, boshlagan ishini yakuniga yetkazish, bajarayotgan ishi uchun shaxsiy javobgarligi yuqori, halollik va to‘g‘rilik tamoyillariga qat’iy amal qilish. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘zini yuqoridagi talablarga javob bera olaman, deb o‘ylaydigan nomzodlarni Yuridik bo‘lim Bosh yuriskonsulti lavozimiga taklif etadi. Mazkur vakansiya bo‘yicha murojaatlarni zarur malaka va tegishli tajribaga ega ekanlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan birga Vazirlik Yuridik bo‘limi boshlig‘ining o.djumabaev@mitc.uz elektron manziliga yo‘llashingiz mumkin. Murojaatga quyidagi uchta hujjatni ilova qilishingiz so‘raladi: – shaxsiy varaqa yoki Rezyume; – nomzodning o‘zini ushbu lavozimga munosib deb bilishining sabablari ko‘rsatilgan qisqa izoh/tushuntirish; – diplom va sertifikatlar nusxalari (tavsiya etiladi).

2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali