Tilga e’tibor – elga e’tibor

Yaqin tarixga nazar solsak, 1989-yil 21-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinib, ona tilimiz — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Bu esa mamlakatimiz, xalqimiz hayotida unutilmas, tarixiy voqeaga aylangan. Til — millat ruhidir. Shu sababli yurtimiz mustaqillikka ilk qadamlarini tashlayotgan davrdayoq o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligini faxr-iftixor bilan eslaymiz.

Yangilanayotgan O‘zbekistonning bugungi bosqichi — milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, bugungi kunda ona tilimizning nufuzini yanada oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada Qashqadaryo viloyati EMM xizmatida ham qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, korxonada yuritilayotgan barcha hujjatlar davlat tilida ish yuritish tartibiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda. Barcha peshlavhalar, ko‘rgazma burchaklari davlat tilida lotin alifbosiga o‘zgartirilgan. Korxona bo‘limlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida xat almashishda Qashqadaryo viloyati EMMX tomonidan yuritilayotgan hujjatlar to‘liq davlat tilida amalga oshirilmoqda.

Boy ona tilimizdan to‘g‘ri foydalanish va uni kelajak avlodlarga sof holda yetkazish har birimizning burchimizdir.


Qashqadaryo viloyati EMMX
2-toifali muhandisi Sh.Jalilov


2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali