OTMlar reytingining qator ko‘rsatkichlarida TATU yuqori o‘rinlarni egalladi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2021-yilda bir nechta mezonlar asosida o‘tkazilgan oliy ta’lim muassalarining reytingi natijalari e’lon qilindi. Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining natijalarini ko‘rish mumkin. TATU Scopus bazasiga ko‘ra, professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalari soni bo‘yicha (313 ta) 2-o‘rinni, umumiy hisobda esa 5-o‘rinni egallagan. OTM professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari asosida olingan mablag‘lari ko‘rsatkichi (mlrd. so‘m) bo‘yicha eng ko‘p mablag‘ ishlab topgan OTMlar top uchtaligidan (3-o‘rin) joy olgan. Doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish hamda ilmiy unvonlar olish ko‘rsatkichi bo‘yicha 4-o‘rinni (83 ta), nufuzli xorijiy oliygohlarning PhD yoki DcS ilmiy darajasini olgan professor-o‘qituvchilar eng ko‘p bo‘lgan milliy OTMlar top beshligida 3-o‘rinni (43ta) egallagan. Oliy ta’lim muassasalari filiallarining 23 talik reytingida TATUning Urganch filiali ikkinchi (56.19), Samarqand filiali uchinchi, Nukus filiali oltinchi, Farg‘ona filiali sakkizinchi, Qarshi filiali esa o‘n birinchi o‘rindan joy olib, TATU salohiyati bo‘yicha yetakchi universitetlardan biri ekanligini ko‘rsatib turibdi.

2022 yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali