O‘zbekiston-Koreya Elektron Hukumat va Raqamli Iqtisodiyot hamkorlik forumi o‘tkazildi

Bugun, 28-noyabr kuni Toshkent shahridagi INHA universitetida O‘zbekiston—Koreya Elektron Hukumat va Raqamli Iqtisodiyot hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi.  Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vazir o‘rinbosari Jamshid Egamberdiyev, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Kim Xisan, Koreya— O‘zbekiston elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot hamkorligi bo‘yicha ekspert guruhi rahbari Ko Taek-Jin va bir qator eksperlar ishtirok etdi.  Forumda AKT vaziri o‘rinbosari Jamshid Egamberdiyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat“ taraqqiyot indeksiga ko‘ra O‘zbekiston 2022-yilda 193 ta davlat ichida 69-o‘rinni egallab, 2020-yilga nisbatan 18 pog‘onaga o‘sganini ta’kidladi.  Binobarin, Axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston—Koreya hamkorligini yuksak qadrlagan holda, quyidagi istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada jadallashtirishni taklif etildi: Jumladan, Koreya Respublikasining ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda, elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot sohalarida Koreya tomoni bilan hamkorlikni rivojlantirish; — Texnoparklar va innovatsion markazlarni rivojlantirish va samarali boshqarish yo‘nalishida hamkorlik qilish; — Inson kapitali IT-industriyani rivojlantirishning muhim omili ekanligini hisobga olib, O‘zbekiston va Koreya ixtisoslashtirilgan universitetlari o‘rtasida IT-ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish. Tadbir doirasida sun’iy intellekt va aqlli shaharni rivojlantirish yo‘nalishida ham hamkorlikni kuchaytirish, birinchi navbatda, tajribani o‘rganish va birgalikda o‘zaro hamkorlik nuqtalarini aniqlash masalalari muhokama qilindi. O‘z navbatida, Elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida tajriba almashish dasturlari va malaka oshirish kurslari sonini ko‘paytirish bo‘yicha masalalarga e’tibor qaratildi.

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali