Yangi tashkil etilgan IT Park universitetining Farg‘ona viloyatidagi talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazida EPAM kompaniyasi hamda IT Park hamkorligida tashkil etilgan onlayn Universitetning viloyatdagi talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda talabalar bilan o‘quv jarayonlari va onlayn ta’limdagi qulayliklar hamda hozirgi kunda o‘quv-semestr jarayonlari qanday o‘tayotganligi to‘g‘risida suhbatlashdi. IT sohasida yetuk mutaxassisli kadrlar yetishib chiqishi uchun sifatli ta’lim muhimligini ta’kidladi. Suhbat davomida vazir Sh. Shermatov onlayn ta’lim to‘g‘risida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi hamda talabalarga o‘qish va kelgusidagi ishlarida omad tiladi.

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali