O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammitidagi nutqi
Muhtaram Rejep Tayyip Erdog‘an Janobi Oliylari! Hurmatli davlat va hukumat rahbarlari! Siz, azizlarni Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ko‘rib turganimdan mamnunman. Matonatli turk xalqiga va qadrdon birodarimiz Turkiya Respublikasi Prezidenti, muhtaram Rejep Tayyip Erdog‘an Janobi Oliylariga barcha hamkasblarim nomidan chuqur hamdardlik bildiraman. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti hurmatli Ilhom Geydarovich Aliyevga bugungi navbatdan tashqari yig‘ilishimizni o‘tkazish haqidagi taklifi uchun alohida minnatdorchilik izhor etaman. Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Bugungi sammitimiz, hozirgina namoyish etilgan videolavha eng mushkul damlarda biz bir-birimizga mustahkam tayanch va suyanch bo‘lib kelayotganimiz, do‘stlik va birdamligimiz naqadar qudratli kuchga ega ekanining yaqqol amaliy tasdig‘idir. Do‘stlarimiz diyorida yuz bergan, misli ko‘rilmagan halokatli zilzila barchamizning qalbimizga cheksiz qayg‘u va iztirob soldi. Zero, bu mudhish ofat natijasida bizning jondan aziz ota-onalarimiz, aka-ukalarimiz, opa-singillarimiz va farzandlarimiz qurbon bo‘ldi va jabrlandi. Bu yo‘qotishning o‘rnini hech narsa bilan to‘ldirib bo‘lmaydi. Ta’kidlash joizki, birodar xalqlarimiz ming yillar davomida turli murakkab vaziyat va muammolarni o‘zaro ahillik, mehr-oqibat va hamjihatlik bilan mardona yengib o‘tganlar. O‘zbekiston xalqi do‘stlarimiz boshiga tushgan og‘ir kunlarda “Turkiya, biz sen bilan birgamiz!” deya bir tanu bir jon bo‘lib, turk birodarlarimizga yordamga shoshildi. Biz mudhish fojiada qurbon bo‘lgan o‘n minglab begunoh kishilar xotirasini hech qachon unutmaymiz. Ijozatingiz bilan, hayotdan bevaqt ko‘z yumgan barcha insonlarning porloq xotirasiga alohida hurmat bajo keltirish maqsadida har yili 6-fevral sanasini Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida Qurbonlarni xotirlash va birdamlik kuni deb e’lon qilishni taklif etaman. Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari! Turkiyada bugun muhtaram Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an boshchiligida olib borilayotgan tezkor chora-tadbirlarni, jumladan, aholi uchun yuz minglab yangi uy-joylar qurish va infratuzilmani tiklash bo‘yicha g‘oyat muhim reja va dasturlarni alohida e’tirof etishni istardim. Zudlik bilan amalga oshirilgan aniq va samarali tadbirlar tufayli ko‘plab odamlarning hayoti va sog‘lig‘i saqlab qolindi, katta miqdordagi mablag‘lar jamlanib, keng ko‘lamli qayta tiklash ishlari boshlandi. Bir so‘z bilan aytganda, hozirgi sinovli davrda qardosh turk xalqi o‘zining beqiyos jasorati va mardligi, metin irodasi va yuksak safarbarlik ruhi bilan Turkiya yetakchisi atrofida jipslashmoqda. Barchamiz sizlarga madadkor bo‘lib, zilzila oqibatida vayron bo‘lgan shahar va qishloqlarni, ijtimoiy va sanoat obyektlarini tiklash va yangilarini barpo etish ishlariga bor kuchimizni yo‘naltirishga tayyormiz. Jumladan, biz zilzila markazlaridan biri bo‘lgan va qutqaruvchilarimiz ish olib borgan Hatay viloyatining Ovakent hududidagi bunyodkorlik ishlariga munosib hissa qo‘shish niyatidamiz. Biz barpo etmoqchi bo‘lgan ko‘rkam uy-joylar, zamonaviy maktab va infratuzilma obyektlari kelgusida tom ma’noda yaqin do‘stlik va birdamligimizning yorqin timsoliga aylanishiga aminman. Bundan tashqari, talafot ko‘rgan hududlardan yoshi ulug‘ insonlar va nuroniylarning yurtimizda sog‘lig‘ini tiklashi va dam olishlari, shuningdek, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Bahouddin Naqshband kabi buyuk ajdodlarimiz qadamjolarini ziyorat qilishlari uchun barcha qulay shart-sharoitlarni yaratib beramiz. Bu guruhlarga Tashkilotimiz Oqsoqollar kengashi boshchilik qilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shu bilan birga, biz bu yil yoz mavsumida Hatay yoshlarini ham O‘zbekistonga taklif etmoqchimiz. Ularning mazmunli hordiq chiqarishlari hamda qadimiy Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga safarlarini, yurtimizdagi o‘z tengdoshlari bilan qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish niyatidamiz. Hurmatli hamkasblar! Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Tashkilotimiz davlatlari joylashgan hududlar o‘z geografik va geologik xususiyatlariga ko‘ra, tabiiy ofat va xavf-xatarlar faol sodir bo‘ladigan makon hisoblanadi. Ming afsuski, so‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishlari bu kabi vayronkor hodisalar ko‘lami va zararini keskin oshirmoqda. Bu yo‘nalishdagi amaliy hamkorligimizni kengaytirish maqsadida quyidagi aniq takliflarga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Favqulodda holatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Tashkilotimizning tizimli hamkorlik platformasini tashkil etish tashabbusini ilgari suraman. Bu platforma doirasida aniq mexanizmlarni joriy etish va muhim choralar ko‘rishni kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa, deb hisoblayman. Birinchidan, Tashkilotimiz doirasida tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan ko‘p tomonlama bitimni tezroq ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega. Bu borada Turkiya tomoni taqdim etgan fuqarolar muhofazasi bo‘yicha tizim yaratish haqidagi hujjat loyihasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Ikkinchidan, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha vazirliklarimiz o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini keskin faollashtirishimiz lozim. Ularning navbatdagi yig‘ilishida eng ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma harakatlar dasturini ishlab chiqish ayni muddao bo‘lar edi. Asosiy diqqatni texnik xavfsizlik talablariga qat’iy e’tibor qilish va jahonning eng ilg‘or tajribasini sohaga tatbiq etish; aholining doimiy xabardorligini oshirib borish; qutqaruv xizmatlari mutaxassislarining malaka va tajribasini oshirish; qo‘shma o‘quv mashqlarini o‘tkazishga qaratishimiz kerak. Uchinchidan, bunday kutilmagan va og‘ir sinovli paytlarda ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni bartaraf etishda yaqindan ko‘mak ko‘rsatish mexanizmlarini joriy etish maqsadga muvofiqdir. So‘z oziq-ovqat mahsulotlari va qurilish mollarini to‘siqsiz yetkazib berish, sanoatni tiklashga qaratilgan kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish haqida bormoqda. Albatta, bugun rasman ta’sis etilayotgan Turkiy investitsiya fondining ilk moliyaviy resurslarini ham ushbu loyihalarga jalb etish mumkin, deb hisoblaymiz. Yana bir muhim masala. Ilmiy va texnologik sohalarda erishilgan yutuqlarga qaramasdan, zilzilalar, sel va suv toshqinlari, o‘rmon yong‘inlari, bo‘ronlarni oldindan aniqlash va erta ogohlantirish hamon dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Bu jarayonlarni chuqur o‘rganish, sohaga ilmiy va texnologik yangiliklarni keng joriy etish katta ijobiy samara berishi aniq. Shulardan kelib chiqib, Tashkilotimiz doirasida Tabiiy ofatlar monitoringi va tahlili markazini tuzish hamda uni Toshkentda joylashtirish bo‘yicha tashabbusimizni ma’qullaysiz, deb ishonaman. Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkilotining ixtisoslashgan xalqaro tuzilmalar bilan amaliy hamkorligini kuchaytirish lozim. Xususan, Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish global jamg‘armasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Tabiiy ofatlarni kamaytirish bo‘yicha xalqaro strategiyasi kotibiyati, Favqulodda vaziyatlarda harakatlanish markaziy jamg‘armasi kabi xalqaro tuzilmalar bilan yaqin aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha Tashkilotimiz kotibiyati alohida shug‘ullansa, o‘ylaymanki, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Hurmatli sammit ishtirokchilari! So‘zimning yakunida yana bir dolzarb masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman.Tashkilotimizning qator davlatlari siyosiy voqealar, xususan, muhim saylovlar arafasida turibdi. Ushbu muhim tadbirlar yuqori saviyada va muvaffaqiyatli o‘tishini chin dildan tilab qolaman. Joriy yilda Turkiya Respublikasi tashkil topganining qutlug‘ 100 yilligi nishonlanadi. Hech shubhasiz, so‘nggi yigirma yilda qardoshim, muhtaram Rejep Tayyip Erdog‘an rahbarligida Turkiya Jumhuriyatining xalqaro maydondagi obro‘ va nufuzi keskin yuksaldi. Davlatning global iqtisodiyot va siyosatdagi o‘rni va ta’siri izchil ortib bormoqda. Zamonaviy va qudratli Turkiyaning bugungi barcha yutuqlarida va erishayotgan ulkan marralarida hurmatli Prezidentning mislsiz xizmatlari borligini alohida e’tirof etamiz. Shu bois, barcha qardosh xalqlarimiz nomidan turk eliga murojaat etib, saylovlarda muhtaram Rejep Tayyip Erdog‘an nomzodini to‘liq qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz. Bizning ana shu umumiy istagimiz bugun qabul qilinayotgan Anqara deklaratsiyasida o‘zining ifodasini topishi ayni muddaodir. Fursatdan foydalanib, sizlarni kirib kelayotgan bahor va yangilanish bayrami – Navro‘zi olam hamda muborak Ramazon oyi bilan samimiy muborakbod etaman. E’tiboringiz uchun tashakkur.Savol va javoblar
-
GPS qabul qilgichdan foydalanish uchun ruxsatnoma ta’lab qilinadimi?
Radioto‘lqinlarni uzatish uchun mo‘ljallanmagan ...
-
Xarid qilish va o‘rnatish uchun rasmiylashtirilgan ruxsatnoma xujjatlari bundan oldingi egasiga berilgan bo‘lsa, bu xolda ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish kerakmi?
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 20...
-
71-76 GGs va 81-86 GGs radiochastota polosalaridan foydalanishga ruxsatnoma olish uchun rasmylashtirish muddatini qisqartirish va soddalashtirish tartibi bormi?
Radiochastotalar bo‘yicha respublika Kengashining 2020...
-
Bino ichida Wi-Fi orqali internet tarqatish uchun ruxsatnoma olish kerakmi? Agar ruxsatnoma kerak bo‘lsa, kimga murojaat qilishim kerak? Ro‘yxatga olish muddatlari qanday?
2020-yil 29-oktabrdagi 612-sonli RCHRK qaroriga mu...
-
Radiochastota taqdimotlariga qo‘shni mamlakatlardan kelib tushayotgan halaqitli ta’sirlardan, xalqaro huquqiy himoyani qanday qilib rasmiylashtirsa bo‘ladi?
Radiochastota taqdimotlarining xalqaro huquqiy him...
-
O‘zbekiston Respublikasida radioelektron vositalarning radiochastota taqdimotlarini xalqaro huquqiy muhofaza qilishning asosiy choralari qanday?
radiochastota taqdimotini xalqaro muvofiqlashti...
-
Qanday radiochastota taqdiomtlari REVlarning turlari majburiy xalqaro muvofiqlashtirilishi va XRIda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak?
Barcha radiochastota taqdimotlari xalqaro muvofiqlashtirishg...
-
Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish nima?
Ma’lum davlatdan, qo‘shni davlat radioelektron v...
-
DVB-T2 standartida qaysi polosa kengligi ishlatiladi?
1,7; 5; 6; 7; 8 va 10 MHz. O’zbekiston Respublikasida ...
-
DVB-T2 standartidagi 8 MHz li polosa kengligidagi bitta televizion kanalda qancha raqamli televizion kanal efirga uzatilishi mumkin?
Uzatiladigan tasvirning sifatiga qarab. Standart sifatli SD ...
-
DVB-T2 standarti nima?
DVB standartlari guruhiga kiruchi Yevropa standartidagi ikki...
-
Olib kirish uchun ruxsatnoma radiochastotadan foydalanish va REVni eksplustatsiya qilish uchun asos bo‘la oladimi?
Olib kirish uchun ruxsatnoma radiochastotadan foydalanish va...
-
Nima sababdan xona ichida radioaloqa barqaror emas yoki mutlaqo aloqa boʼlmaydi?
Xonani tashkil etuvchi devorlar radiotoʼlqinlarni soʼndiruvc...
-
Koʼp qavatli binolar ichida barqaror aloqaga erishish mumkinmi?
Bugungi kunda sotali aloqa signallarni kuchaytiruvchi maxsus...
-
Qoplash hududini qanday oshirsa bo‘ladi?
Qoplash hududiga uzatuvchi antenna katta ta’sir ko‘rsatadi. ...
-
UQT (УКВ) da 5 Vatt qaysi uzoqlikda eshitiladi?
Ushbu savolga aniq bir javob mavjud emas. Agar shaharda (uyl...
-
Bizning shahrimizda band bo‘lmagan televizion kanallar ko‘p, ya’ni qabulga sozlanib, hech qanday ko‘rsatuv ko‘rsatilmaydi, biroq ushbu kanal foydalanishga ham berilmaydi. Nimaga?
Halaqit beradigan TV (yoki Radioeshittirish) stansiyalari ta...
-
Turli xil zaruratlarda kerak bo‘lgan, 1:200000 masshtabdagi topografik xaritalarni qayerdan olsa bo‘ladi?
Savol: “O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastotali s...
-
DVB-H (Digital Video Broadcasting – Handhelds)
DVB-H tizimi quyidagi multimediya xizmatlarni qo‘lda olib yu...
-
DVB-H tizimining tashkil etilish tarixi
DVB-H tizimi– DVB standartlar orasida eng yangi maxsulot • ...
-
DVB-H ishlarini motivatsiyalash
Jamiyatning uyali aloqaga video ma`lumotlar va yangilikni q...
-
DVB-H tizimi xususiyatlari
DVB-Tga asoslangan,to‘liq moslashuvchanlik. Mobil va qo‘lda...
-
DVB-H tizimiga texnik talablarni ta`minlash usullari
Qabul qiluvchida energiyani saqlab qolish uchun ma`lumotlar...
-
DVB-H tizimi faoliyatining o‘ziga xosliklari
DVB-H tizimi аvtonom tizim uzatgichi sifatida, yoki DVB-T ra...
-
DVB-H tizimi chastota o‘ziga xosliklari
Diapazonlar: &nb...
-
DVB-H tizimi chastota o‘ziga xosliklari
ECC REPORT 4 (Lisbon, January 2002) muvofiq DVB-H tizimi uc...
-
DVB-H tizimi chastota o‘ziga xosliklari
TV diapazonlaridan tashqarida - 5 MGs polosalarida kanallar...
-
DVB-H tizimining spektral samaradorligi
Birgina radiokanal orqali 8 MGs polosasi orqali DVB-T/H tiz...
-
QVGA (320x240 piks.) uchun misol, 25 kadr/s, 250 kbit/s
DVB-H tizimkanali Asosiyparametrlar Miltipleksaxizmatla...
-
Vaqtni kavantlash va ma`lumotlar charxpalagi
DVB-T kabi DVB-H uzluksiz ma`lumot uzatish o‘rniga o‘z qvan...
-
Vaqtni kvantlashga misol
Agar elementar oqim uzatish tezligi 500 kbit/s ga teng bo‘l...
-
DVB-H gipotetik qabul qiluvchilarni ma`lumotlarni buferlash modeli
1 –transportli oqim; 2 – qaytalanadigan paketlarsiz...
-
DVB-H tarmoq uzatgichlari
DVB-H o‘ziga xos foydalanish – qo‘lda olib yuriladigan term...
-
O‘rnatish dasturi
Keyingi slaydlarda tarmoq konfiguratsiyasiga misollar beril...
-
Teleko‘rsatuv va radio dasturlarni qabul qilishga halaqit beruvchi to‘sqinliklarni yo‘qotishda kim va qanday qilib yordam berishi mumkin?
Radiochastota spektri foydalanuvchilari o‘zlarining radoelek...
-
H.264/MPEG 4.10 AVC standartda matnni kodlashtirish
МSE-Т/ISO/МEK H.264/MPEG-4 Part 10 AVC (H.264/AVC, ISO/IEC ...
-
H.264/AVC afzalliklari
Bir xil sifatli standart tasvir uzatishda MPEG-2 ga qaragan...
-
H.264/MPEG 4.10 AVC da transportlashtirish
MPEG-4 standartida transport darajasi aniqlanmagan. Ko‘pchi...
-
Ovro‘pa tavsiyanomasi
EBU (Tech 3307 “Service Requirements for Free-to-Air High D...
-
H.264/MPEG 4.10 AVC sandartida matnlarni kodlashritish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
raqamli TV dasturlar uzatish tezligiga bo‘lgan talabni kama...
-
Sputnikli traktlar
Transponder 36 МGs; MPEG-2: 4,4 Мbit/s (ТSCh), 18 Mbit/s (T...
-
Radioto‘sqinliklar bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish va hal etish muddati qanday?
Radioto‘sqinlilarni bartaraf etish bo‘yicha arizalarni ko‘ri...
-
Kerakli ravishda rasmiylashtirilmagan VOJAGER, SENAO, BADA, SONY, NOKIA, MOTOROLA, HARVEST va boshqa turdagi radiotelefon uzaytirgichlardan foydalanish qanday oqibatlargan olib kelishi mumkin?
O‘zbekison Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.98 yild...
-
O‘zbekiston hududida qanday radiotelefon uzaytirgichlardan foydalanish mumkin?
30.06.2000dan SEAO firmasining SN turdagi 568, 868, 968 mode...
-
O‘zbekiston Respublikasi hududida qanday radioelektron vositalardan ruhsatnomalarni rasmiylashtirishsiz foydalanish mumkin?
O‘zbekkiston Respublikasining Radiochastotalar bo‘yicha Davl...
-
Televizion va radio dasturlarni qabul qilishga halaqit beruvchi to‘sqinliklarni yo‘qotishda kim va qanday qilib yordam berishi mumkin?
Radiochastota spektri foydalanuvchilari o‘zlarining ra...
-
Kabelli teleko‘rsatuv tarmog‘ini (KTKT) ishlatishga ruhsat olish uchun qanday hujjatlar kerak?
Yuridik yoki jismoniy shaxs KTKTning joylashgan joyi va ishl...
-
Raqamli uzatishga o‘tish qanday imkoniyatlarga ega?
Asosiy imkoniyatlar: shovqinlarga bardoshlik xisobiga doi...
-
DVB-H tizimini doimiy ravishda ishlatadigan mamlakatlar
Albaniya – umummilliy tarmoq 23.01.2007 yil 50% dan ko‘proq...
-
DVB-H tizimida ETSI standart
ETSI EN 302 304 V1.1.1 (2004-11) Digital Video Broadcasting...
-
DVB-H tizimi uzatish tezligi
Qabulqiluvchi turlari H.264/AVC darajasi Videoajrataol...
-
DVB-T/H uzatish rejimi
OFDM parametrlari Rejim 2k 4k 8k Turib turuvchilar...
-
H.264/AVC standart imkoniyatlari
Foydalalish senariyasi Kadrlar ajrataolish vachastotasi ...
-
H.264/AVC kodeklari evalyusiyasi (Thomson firmasi ma`lumotlari bo‘yicha)
Sentabr2005 y. 2006 yilning2-yarmyilligi. 2-e полугоди...
-
MPEG-4 qurilmasini ishlav chiqaruvchilar
Kompaniya Qurilmalar Envivio Inc. 4Caster HD3 – TVCh ...
-
O‘zbekiston Respublikasi hududida Wi-Fi texnologiyalari bazasida ma`lumotlar uzatishning ofis ichki tarmoqlarini tashkil etish uchun yo‘naltirilgan Radioelektron manbalardan foydalanish tartib qoidalari qanday?
O‘zbekiston Respublikasi hududida Wi-Fi texnologiyalari baza...
Soha yangiliklari
-
10 may 2023
-
04 may 2023
-
04 may 2023
-
03 may 2023
-
01 may 2023
![]() |
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |


