O‘zbekiston hududida qanday radiotelefon uzaytirgichlardan foydalanish mumkin?

30.06.2000dan SEAO firmasining SN turdagi 568, 868, 968 modelli radiotelefon uzaytirgichlardan foydalanish uchun 252,625 – 259,2125 MHz va 378,975 – 5625 MHz radiochastota polosalari ajratilgan.
30.04.2002 dan ALCON-3, BADA-3810-3810, SONY-3810 va SONY-6810 turdagi radiotelefon uzaytirgichlardan foydalanish uchun 252,625 – 259,2125 MHz va 378,975 – 385,5625 MHz radiochastota polosalari ajratilgan.
Ajratilgan polosalardagi ishlaydigan chastotalardan foydalanish ikkilamchi asosda amalga oshiriladi.
Har bir olib kirilayotgan radiostantsiya uchun RTDRning roziligi va O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan sertifikat bo‘lishi kerak. Aniq turdagi va aniq sondagi radiotelefon uzaytirgichlar olib kirish uchun ruhsatnoma EMMMda  rasmiylashtirilishi lozim.
Radiotelefon uzaytirgichlarni sotish faqat ushbu REVni ishlab chiqaruvchisining yetkazib berishga va/yoki sotishga ruhsat beruvchi kerakli hujjati va EMMM bilan shartnoma mavjud bo‘lsagina sotish mumkin.
Olib kirilgan radiostantsiyalar faqat EMMMdan ularni sotib olish va radioto‘lqinlardan foydalanishga ruhsat olgan xaridorlarga sotilishi (yetkazib berilishi) mumkin. Sotib olingan uzaytirgichlardan EMMMda ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng va kerakli ruhsatnoma olingandan keyin foydalanish mumkin.

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali