O‘zbekiston Respublikasi hududida qanday radioelektron vositalardan ruhsatnomalarni rasmiylashtirishsiz foydalanish mumkin?

O‘zbekkiston Respublikasining Radiochastotalar bo‘yicha Davlat Komissiyasining 25.08.98 dagi 83-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligining ruhsatisiz olib kirilishi va ishlatilishi mumkin bo‘lgan radioelektron  vositalar va yuqori chastotali uskunalar ro‘yxati tasdiqlangan.
Savdo tarmog’i orqali sotilishi ruhsat etilgan audio va videotexnika (ovoz va video yozuvchi va chiqaruvchi apparatura, radioto‘lqin tarqatuvchi uskunalardan tashqari).
Quvvati 5 Vt dan ortiq bo‘lmagan 2696-27860 kHz diapazonida ishlovchi portativ qabul qiluvchi va tarqatuvchi radiostantsiyalar.
Quvvati 2 Vt dan ortiq bo‘lmagan 18945-26965 kHz diapazonida ishlovchi qo‘riqlash radio-signalizatsiya uskunalari.
Quvvati 10 vVtdan ortiq bo‘lamagan simsiz telefonlar (katta bo‘lmagan masofaga radio uzaytirish uchun mo‘ljallangan telefon apparatlari)
Shaxiy foydalanish uchun mo‘ljallangan uyali radiotelefon abonent terminallari.
Quvvati 5 Vt dan ortiq bo‘lmagan ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan  (yuklanadigan qurilmadagi) yuqori chastotali qurilmalar.
Davolashda ishlatiladigan tibbiyot uchun mo‘ljallangan yuqori chastotali qurilmalar.
Uy xo‘jaligida uchun mo‘ljallangan va faqat savdo tarmog’i orqali sotilishi mumkin bo‘lgan yuqori chastotali qurilmalar (mikroto‘lqinli pechlar, uy yumushlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan yuqori chastotali uskunalar).

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali