Kabelli teleko‘rsatuv tarmog‘ini (KTKT) ishlatishga ruhsat olish uchun qanday hujjatlar kerak?

Yuridik yoki jismoniy shaxs KTKTning joylashgan joyi va ishlatilishi mumkin bo‘lgan u yoki bu radiochastota kanalini ekspertiza qilishlarini so‘rab EMMga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
a) Ishlatilishi mo‘ljallanayotgan uskunalarning texnik tasniflari.
b) Translyatsiya qilinishi mo‘ljallanayotgan dasturlar soni.
d) Agar KTKTni loyihalash ishlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqarida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, viloyatning yoki Qoraqalpog’iston Respublikasining elektromagnit moslashuv hizmati (Samarqand texnik nazorat stansiyasi) xulosasi.
Teledasturlarni KTKT orqali tarqatish huquqiga ega bo‘lish uchun arizachi EMM hizmatiga yoki EMMMga KTKTni loyihalash va qurishga ruhsat berishlarini so‘rab rasmiy iltimos bilan murojaat qiladi. Iltimosnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) Teledasturlarni tarqatish faoliyatiga huquq beruvchi litsenziya nusxasi.
b) Ushbu turdagi uskunani O‘zbekiston Respubliksi hududida ishlatish mumkinligi haqidagi RCHDKning qarori.
d) KTKT uskunasiga moslik sertifikati.
e) Sanitar-epidemologik nazorat hizmati bilan KTKTning o‘rnatilish joyini kelishganlik haqidagi hujjat.
Ishlatishga ruhsatnoma olish uchun arizachi EMMMning kerakli bo‘limiga quyidagi hujjatlar ilova qilingan iltimosnama bilan murojaat qilnadi:
KTKTga kerakli shaklda to‘ldirilgan so‘rovnoma.
a) Sanitar-epidemiologik nazorat organi tomonidan berilgan KTKTning sanitar pasporti.
b) O‘rnatilgan uskunaning moslik sertifikati.
d) Kerakli tartibda kelishilgan va tasdiqlangan KTKTning loyihalash hujjatlari.
Bir nechta KTKTning egasi bo‘lgan shaxs yuqorida keltirilgan hujjatlarni har bir KTKT uchun  topshirishi kerak.

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali