O‘zbekiston Respublikasi hududida Wi-Fi texnologiyalari bazasida ma`lumotlar uzatishning ofis ichki tarmoqlarini tashkil etish uchun yo‘naltirilgan Radioelektron manbalardan foydalanish tartib qoidalari qanday?

O‘zbekiston Respublikasi hududida Wi-Fi texnologiyalari bazasida ma`lumotlar uzatishning ofis ichki tarmoqlarini tashkil etish uchun yo‘naltirilgan Radioelektron manbalardan foydalanish va ularga egalik qilish chora tadbirlari haqidagi tez-tez so‘raladigan savollar yuzasidan, Elektromagnit Moslashuv Markazi shuni ma`lum qiladiki, hozirgi vaqtda ko‘rsatilib o‘tilgan Radioelektron manbalarni sotib olish va ulardan foydalanish faqatgina EMMMda tegishli ruxsatnomalarni to‘ldirgandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.

Ruxsatnoma hujjatlarini umumiy to‘ldirish tartib qoidalari “O‘zbekiston Respublikasi hududida radio chastota spektri va radioelekrton manbalaridan foydalanishni tartibga solish chora tadbirlari haqidagi nizom” da ko‘rsatilib o‘tilgan. (O‘zRes AV tomonidan №1531-1 sonli 19.05.07y ro‘yxatga olingan )

Shu bilan birga O‘zRes RChDKning 22.12.2005 yil qabul qilingan №4/7-sonli va 06.10.2006 yil qabul qilingan №3/5-sonli qaroriga muvofiq, ushbu Qarorda ko‘rsatilib o‘tilgan texnik xarakteristikalar ko‘rsatgichlariga muvofiq keladigan Wi-Fi texnologiyalari bo‘yicha ma`lumotlarni uzatishda, ofis ichki tarmoqlarini ishlatish uchun 2400-2483,5 MGz va 5250-5350 MGz ikkilamchi radiochastota doirasidan foydalanishga ruxsat etilgan.

Ya`ni Wi-Fi tarmoqlari uchun ruxsatnomalarni to‘ldirish umumiy tartibi, (ma`lum bir talablarga muvofiq) ma`lum bir ariza beruvchilar tomonidan qurilmalardan foydalanish uchun RChDK qarorlari hujjarlarni to‘ldirishdan tashqari, saqlanib qolinadi.

Bundan tashqari Wi-FI tarmoq ma`lumotlar uzatishni yo‘lga qo‘yish uchun tarmoq egasi O‘zbekiston Aloqa va Axborotlashtirish agentligida muvofiqlashtiruvchi litsenziyalarni rasmiylashtirishi zarur.


Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali