Bizning shahrimizda band bo‘lmagan televizion kanallar ko‘p, ya’ni qabulga sozlanib, hech qanday ko‘rsatuv ko‘rsatilmaydi, biroq ushbu kanal foydalanishga ham berilmaydi. Nimaga?

Halaqit beradigan TV (yoki Radioeshittirish) stansiyalari ta’sir hududi, xizmat ko‘rsatish hududidan ancha katta hisoblanadi. Misol uchun, 100Vt quvvatli uzatgich, radiusi 11 km bo‘lgan xizmat ko‘rsatish hududiga ega. Boshqa radiostansiyalarning qabuliga halaqit qilishi mumkin bo‘lgan masofa, taxminan 111 km teng. Eshittirishni tashkil qilish uchun chastotalarni tanlashda, har bir punktda eng asosiy omil deb, yangi uzatkichning tashkil bo‘lgan uzatish tarmog‘ida hech qanday halaqitlarsiz ishlashi hisoblanadi.

Savol va javoblar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali