Nishanov Uygun Utkirovich
Moddiy-texnik ta‘minot va kapital qurulish xizmati
Bo'lim boshlig'i
Xizmatning asosiy vazifalari va funksiyalari:
- Uzoq muddatli va joriy Kapital taʼmirlash va qurilish bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
- Korxonadagi xizmatlar, bo‘lim va hududiy bo‘linmalarni moddiy-texnikaviy resurslar bilan taʼminlash.
- Korxona bo‘linmalarining moddiy-texnika resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash asosida ishlab chiqarishni moddiy-texnika bilan taʼminlashning uzoq muddatli va yillik rejasini ishlab chiqadi.
- “Davlat xaridlari” to‘g‘risidagi qonun doirasida tovarlarni sotib olish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tender va tanlovlar o‘tkazish.
- Qurilish va moddiy-texnik taʼminot bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar bilan tezkor ishlashni tashkil etish va nazorat olib borish.
- “EMMM” DUK obyektlarida kapital taʼmirlash va qurilish ishlarini tashkil etadi va ushbu ishlarning bajarilishini nazorat qiladi.
- qurilish va taʼmirlash ishlarini olib borish uchun loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqilishini nazorat qilish.
- Tovarlarni yetkazib beruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bilan o‘zaro o‘rnatilgan tartibdagi munosabatlarni olib borish.
- O‘z vakolati doirasida korxonaning yetkazib berish va bajarish bilan bog‘liq shartnoma shartlarini belgilaydi.
- Qabul qilingan maxsulot va texnik resurslarni “EMMM” DUK tarkibiy bo‘linmalariga yetkazib berilishini taʼminlaydi.
- “EMMM” DUK qurilish obyektlarini davlat organlari tomonidan qabul qilinishini taʼminlaydi.
- Shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda, yetkazib beruvchilarga davolarni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajaradi va pudratchilar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarining o‘zgarishini muvofiqlashtiradi.
- “EMMM” DUK omborxonasida bo‘linmalarining zarur materiallar va texnik qurilmalar bo‘lgan ehtiyoji uchun zarur mahsulotlarning bo‘lishini taʼminlaydi.
- Yangi normativ xujjatlarni, standartlarni va texnik shartlarni ishlab chiqishda va ularni qayta ko‘rib chiqishda qatnashadi.
- Korxona rahbariyati kelishuvi bilan, o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tashkilotlar, korxona va idoralar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi.
- O‘tkazilgan tekshiruv natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni (nomuvofiqlik) o‘rnatilgan tartibda bartaraf etilishini taʼminlaydi.