"EMMM" DUK yangiliklari

10-aprel – O‘zbek tili umumxalq bayrami kunini nishonlash tog‘risidagi qonun qabul qilingan kun mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2024-yil 5-aprel kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali seminar tashkil etildi.

dfdvsfsvf.jpg

Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-apreldagi “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘RQ-615-sonli Qonunining qabul qilingan kuniga bag‘ishlandi.

Bunda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti Yusupova Rahima Kasimovna  ishtirok etdi.

Tadbir tinglovchilariga, bugun o‘zbek tili xalqaro maydonda tarannum etiladigan beqiyos kuchga aylangani, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida o‘zbek tilining o‘rni va nufuzi ortib, dunyo sari yuzlangani haqida so‘z bordi.

Bugun millat bilan birga yaralib, shonli tarixning barcha sokin va suronli davrlarini hamnafas bosib oʻtib, xalq dardu quvonchiga sherik boʻlib kelayotgan, Vatan yangligʻ bepoyon va muqaddas, ona kabi moʻtabar va munis, jon kabi yaqin va aziz oʻzbek tilimizning maqom martabasi Oʻzbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni tufayli yana bir karra yuksaldi va eʼzoz topdi.

Oʻzbek tilimiz dunyodagi qadimiy va boy tillardan biridir, u xalqimiz uchun milliy oʻzlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida gʻoyat muhim oʻrin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir.

Darhaqiqat, oʻzbek tili bugungi kungacha koʻp ming yillik tarixiy taraqqiyot yoʻlini mardonavor bosib kelmoqda. Oʻrxun-Enasoy yodgorliklaridagi bitiklardan tortib hozirgi davrgacha yaratib kelinayotgan ilmiy, adabiy, maʼnaviy-maʼrifiy manbalar oʻzbek tilining shakllanish va rivojlanish tendensiyalari, adabiy ifodasi, maʼno qatlamlari, lugʻat tarkibi toʻgʻrisida atroflicha va asosli maʼlumotlar bera oladi.

Faylni tanlang