"EMMM" DUK yangiliklari

Beruniy tumani IIBda o‘quv seminar tashkil etildi

Huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda ishlarni kuchaytirish maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX muhandislari M.Dlekeev va N.Narimovlar tomonidan 2024-yil mobaynida hamkorlikda ishlar rejasiga muvofiq joriy yilning 18-mart kuni Beruniy tumani IIB shaxsiy tarkibiga o‘quv seminar tashkil etildi. O‘quv seminarga Beruniy tumani IIB boshlig‘i kapitan M.Muratov raislik qildi va kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Seminar ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22‑dekabrdagi 801-son qarori (mazkur qarorga kiritilgan o‘zgartirishlar -  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23‑avgustdagi 417-son qarori) bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizom bilan tanishtirildi.

Ushbu Nizom bo‘yicha REV va YuChQlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha olib boriladigan hamkorlikdagi tadbirlarda tumandagi IIB jamoat xavfsizlik xizmati profilaktika inspektorlari qatnashishlari to‘g‘risida aytib o‘tildi. Undan tashqari noqonuniy ishlayotgan REVlar aniqlangan vaziyatlarda hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tushunchalar berildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX

1 darajali radiooperatori Shimbergenov A.A.

Faylni tanlang