"EMMM" DUK yangiliklari

Sport-sog‘lik garovi

Shuni alohida ta’kidlash joizki, aholi salomatligini mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish inson salomatligi uchin juda muhimdir.  Sport salomatlik garovi ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Shu bois, mamlakatimizda sport bilan shug‘ullanish ommaviy tus olmoqda. Sog‘lom turmush tarziga amal qilayotgan yurtdoshlarimiz soni kun sayin ko‘payib borayotgani ham fikrimiz dalili.

Prezidentimiz tomonidan aholiga sport bilan shug‘ullanishi uchun katta e’tibor berilmoqda - yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratilayotganligi keyingi yillarda ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazishga keng yoʻl ochmoqda. 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi              Farmoni esa Surxondaryo viloyati EMMX xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, salomatligini yanada mustahkamlash, hamda jismoniy tarbiya va sportni kundalik turmush tarziga aylantirish korxona xodimlarining asosiy vazifalaridan biri bo‘ldi.

Korxonamizda yaratilgan sharoitlardan foydalangan holda xodimlar sportning shaxmat-shashka, stol tannisi, futbol va boshqa sport turlari bilan muntazam shug‘illanib kelmoqda.

  

 

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati 

 2-toifali tarmoq muhandisi Islamov J.

Faylni tanlang