"EMMM" DUK yangiliklari

TATUda “EMMM” DUKning o‘quv auditoriyasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 19-mart kuni  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, talaba yoshlarga sharoitlar yaratish maqsadida “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan tashkil qilingan o‘quv auditoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

dfbgghdfg800x533.jpeg

Mazkur tadbirga, “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK boshlig‘i Mansurov Rustam Pulatovich, boshliq o‘rinbosari Xashimxodjayev Avaz Xabibullayevich hamda Radionazorat va texnik rivojlanish xizmati boshlig‘i  Alisher Kaxramonovlar tashrif buyurishdi.

Tadbir boshida “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK boshlig‘i Mansurov Rustam Pulatovich va TATU rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich bilan birgalikda o‘quv auditoriyani rasman ochib berdilar. 

 

rghtdyrg800x533.jpeg

O‘quv auditoriyasi sifatli texnik jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, talabalar korxonamizning qanday faoliyat olib borishi, asosiy vazifalari haqida tushunchalarga ega bo‘lishida katta hissa qo‘shadi. 

fgfndfdfg800x533.jpeg

brthnrhrth800x533.jpeg

dsfgdfgdfg800x533.jpeg

Hozirgi kunda korxonamiz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalarini jalb etish va ularni ish jarayonida saqlab qolish loyihasini amalga oshirmoqda. Talabalarni korxonaga jalb etish va saqlab qolish bo‘yicha loyihadan ko‘zlangan maqsad o‘quv davrida malakali kadrlarni tayyorlash, talabalarning kasbiy ko‘nikmalarni egallashiga ko‘maklashish, ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyotlarini tashkil etishdan iborat.

brfghnfgnfgn800x533.jpeg

Shuningdek, ochilish marosimidan so‘ng TATU hududida o‘tkazilayotgan “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” deb nomlangan saylni tomosha qilindi. Saylda haqiqiy Navro‘z bayrami shukuhini berib, unda universitet talabalari, professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ishtirokida zo‘r ishtiyoq bilan nishonlanayotganiga guvohi bo‘lindi.

fdgdfgdfg800x533.jpeg

nghnghnghn800x533.jpeg

Faylni tanlang