"EMMM" DUK yangiliklari

Xavfsiz mehnat va salomatlikni muhofaza qilish madaniyati bizdan boshlanadi

Yurtimizda faoliyat yuritayotgan har bir korxona tashkilotlarida o‘tgan bir necha yillar davomida inson hayotini asrash, ularga хavfsiz ish sharoitlarini yaratib berish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Zero inson hayoti uning sog‘lig‘i davlat va jamiyat uchun muhim omillardan sanaladi.

       Sirdaryo viloyati EMMXda xodimlarning mehnat muhofazasi va texnika хavfsizligi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. O‘quv mashg‘ulotining samaradorligini oshirish maqsadida Sirdaryo viloyati Mehnat muhofazasi bo‘yicha Davlat katta inspektori Aliqulov Azizbek taklif etildi.

      O‘quv mashg‘ulotda korxonada mehnat muhofazasi va хavfizlik texnikasi ishlarini tashkil etish, xodimlar hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish va mehnat muhofazasi va havfsizlik texnikasi qoidalariga to‘liq rioya etish bo‘yicha taqdimot slaydlar orqali tushuntirishlar berib o‘tdi. Shuningdek, kasb kasalliklardan saqlanish yo‘llari, ish joyida mehnatmuhofazasi va texnika havfsizligi bo‘yicha  yo‘l- yo‘riq berish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish tartibi bo‘yicha malumotlar berib o‘tdi.

O‘quv mashg‘ulot o‘zaro suhbat davomida qiziqarli o‘tdi va xizmat xodimlari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Faylni tanlang