"EMMM" DUK yangiliklari

Yashil makon

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosini tashkil etish, Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, 2024-yil 5-aprel kuni Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati  xodimlari ishtirokida Farg‘ona radiotelevizion stansiyasi hududi hamda Qo‘shtepa tumani fermer xo‘jaligi hududida ko‘plab mevali va manzarali daraxt ekish ishlari tashkil etildi.

fdgndsfdsffgfvsd800x600.jpg

Bunday saʼy-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimiz bo‘ylab yashil maydonlarni hosil qilish ishlarida faol ishtirok etib, ko‘chalarimizga  bir tupdan mevali va manzarali daraxt  ko‘chatlarini ekib, butun mamlakatimiz bog‘u-bo‘stonga aylanishida o‘z xissamizni qo‘shishdir.

 

gfgbdsfsdfsdf800x1067.jpg

 

Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi   D.Alimdjanov

Faylni tanlang