"EMMM" DUK yangiliklari

Mehnat faxriylariga hurmat ko‘rsatish - ulug‘ saodat

Keksalarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko‘rsatish ma’naviy hayotimizning ajralmas qismi, xalqimizga xos qadriyatga aylangan. Qaysiki xonadonda yoshi ulug‘ insonlar bo‘lsa, bu uyning fayzu barakasi ham boshqacha bo‘ladi. Ular farzandu nabiralarning nafaqat duogo‘yi, balki eng yaqin maslahatchisi, o‘z hayotiy tajribalari asosida to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchilardir.

fbddfdfb.jpg

Keksa avlod vakillarini ulug‘lash, ularning tajribasiga tayanish oilalarimizdagi kabi jamiyatda va mehnat jamoalarida ham o‘z ifodasini topmoqda.

Bugungi kunda korxonamizning nuroniylari va mehnat faxriylariga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularni ma’naviy va moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq chora-tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. 

Keksa avlod vakillarining boy hayotiy va mehnat tajribalaridan unumli foydalanib korxonamiz yoshlariga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish maqsadida ular bilan muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

Fursatdan foydalanib, “EMMM” DUKning barcha mehnat faxriylariga korxonamizda uzoq yillik mehnati, shuningdek, kasbga bo‘lgan sadoqati uchun minnatdorchilik bildiramiz va ularga uzoq umr, sihat-salomatlik, kelajakdagi ishlariga omad tilab qolamiz!

efberfbverb841x630.jpg

gvbrf-d602x451.jpg

 

 

“EMMM” DUKning “Ma’naviyat va ma’rifat”

ishlari bo‘yicha mas’ul xodimi D.A.Tuychieva

Faylni tanlang