"EMMM" DUK yangiliklari

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni

Vatan tinchligi va mustaqilligini saqlash, uni e’zozlash har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Shu ma’noda, 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni yurtimizda alohida hurmat va ehtirom bilan nishonlanadi. Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganiga 34 yil to‘lishi munosabati bilan respublika bo‘ylab turli bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.

 photo2026-01-1417-46-50.jpg

photo2026-01-1417-47-55.jpg

Ana shunday tadbirlardan biri Qashqadaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida ham tashkil etildi. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda davlatimiz tomonidan mamlakat xavfsizligini ta’minlash, Qurolli Kuchlar salohiyatini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z yuritildi.

Tadbir davomida bugungi kunda harbiy xizmatning jamiyat hayotidagi o‘rni tobora oshib borayotgani, u yosh avlodni vatanparvarlik, jasorat va sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim maktab ekani alohida ta’kidlandi. Milliy armiyamiz esa tinchlik va barqarorlikning ishonchli kafolati sifatida e’tirof etildi.

Vatan tinchligi posbonlari bo‘lgan barcha jasur Vatan himoyachilarini ushbu qutlug‘ bayram bilan tabriklab, ularga sog‘lik, osoyishtalik va sharafli xizmatlarida ulkan zafarlar tilaymiz.

 

Tayyorladi: Qashqadaryo viloyati EMMX muhandisi A.Z. Zayniddinov

Faylni tanlang