Bosh menu

Sifat menejmenti tizimi

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimi ishlab chiqilgan.

Sifatni boshqarish tizimi ishlashini nazorat qilish maqsadida SBT hujjatlari doimiy ravishda o‘rganib, takomillashtirib kelinmoqda. 2007-yil may oyidan  “EMMM” DUKda XS ISO 9001:2000 talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimi sertifikatlangan.

2010 va 2013-yillarda “SGS Tashkent Ltd” xorijiy korxonasi, 2016-yilda “CERT International” sertifikatlashtirish organi tomonidan sifat menejmenti tizimining qayta sertifikatlash auditlari o‘tkazildi, bu esa “EMMM” DUKda 

ISO 9001 xalqaro standartining talablariga asosan Sifat menejmenti tizimining muvofiqligini tasdiqladi. 

Shuningdek, korxonaning tarkibiy bo‘linmalarida sifat menejmenti tizimini XS ISO 9001 talablari asosida faoliyat yuritish maqsadida joriy etildi va sertifikatlandi, jumladan:

2009-yil Samarqand viloyati EMMXda;

2010-yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMXda;

2011-yilda Farg‘ona, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari EMMXlarida;

2012-yilda Andijon, Namangan va Xorazm viloyatlari EMMXlarida;

2013-yilda Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari EMMXlarida.

 

2016-yilda SMTni XS ISO 9001:2015 yangi versiyasiga o‘tkazishga tayyorgarlik boshlandi. Bundan maqsad esa, korxonada SMTni yanada rivojlantirish  hamda barcha tarkibiy bo‘linmalarida SMTni doimiy ravishda takomillashtirishdan iborat.

ISO 9001:2008 standarti asosida joriy qilingan va yangi versiyaga o‘tish boʻyicha korxona qayta sertifikatlashdan muvaffaqiyatli oʻtib, ISO 9001:2015 xalqaro standartining yangi versiyasini joriy etish uchun Sifat menejmenti tizimini yuqori maqsadlarga erishishda quyidagi ishlarni amalga oshirishi kerak.

2017-yilning birinchi choragida mavjud SMT hujjatlarini va jarayonlarini

ISO 9001:2015 talablariga tayangan holda qayta ko‘rib chiqildi. Korxona faoliyati “xavfni boshqarish” nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi belgilandi. 

Bunda, korxonaning barqarorligiga ta’sir etuvchi ijobiy yoki salbiy omillarni aniqlash hamda salbiy omillar ta’sirini kamaytirish choralari ishlab chiqildi.

2017-yil 17-18-may kunlari «CERT International» xalqaro sertifikatlashtirish organi tomonidan “EMMM” DUKda birinchi nazorat auditi o‘tkazildi. Auditorlik tekshiruvi Bosh auditor – Kudyakov Ilyas Ildarovich boshchiligidagi auditorlar guruhi tomonidan “EMMM” DUK markaziy apparatida, shuningdek, Andijon, Buxoro, Namangan va Farg‘ona viloyatlari EMMXda o‘tkazildi.

Tashqi nazorat auditi natijalariga ko‘ra “EMMM” DUK ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha sertifikatni muvaffaqiyatli himoya qildi.

2019-yilning 20-23-may kunlari “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining Sifatni boshqarish tizimida (SBT) ISO 9001:2015 xalqaro standarti bo‘yicha «CERT International» sertifikatsiya organi tomonidan Re-sertifikasiya auditi o‘tkazildi.

Re-sertifikasiya auditi “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining markaziy apparatida Bosh auditor R.Umbetov hamda auditorlar S.Abdusattarova, M.Xamdamova, A.Ashirmatovlar Sirdayo, Jizzax va Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatlarida audit o‘tkazishdi.

Yuqorida ko‘rsatilgan davr ichida auditorlar korxonada sifatni boshqarish tizimining ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiqligiga kelishini hamda samaradorligiga baho berdilar.

  “EMMM” DUK markaziy apparati hamda viloyat EMMXda jarayonlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha auditorlar tomonidan 1 ta nomuvofiqlik aniqlandi va 8 ta tavsiyalar berildi (anqilangan nomuvofiqlik va berilgan tavsiyalar bartaraf qilish bo‘yicha  chora-tadbir rejasi ishlab chiqildi).

2021-yilning 17-18-iyun kunlari “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining Sifatni boshqarish tizimida (SBT) ISO 9001:2015 xalqaro standarti bo‘yicha «CERT International» sertifikatsiya organi tomonidan ikkinchi kuzatuv auditi o‘tkazildi.

Ikkinchi kuzatuv auditi “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining markaziy apparatida Bosh auditor N.Mavlyanova hamda auditor Sh.Yunusova Qoraqalpog‘ison Respublikasi va Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatlarida  karantin qoidalariga rioya qilgan holda onlayn tarzda audit o‘tkazildi. 

Yuqorida ko‘rsatilgan davr ichida auditorlar korxonada sifatni boshqarish tizimining ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiqligiga kelishini hamda samaradorligiga baho berdilar.

Auditorlar tomonidan korxona faoliyatida yuz berishi mumkin bo‘lgan tahlikalarni oldini olish maqsadida 3 ta tavsiyalar berildi.

Auditorlar, korxona rahbariyatining Sifatni boshqarish tizimini rivojlantirish yo‘lidagi sayi-harakatlarini, xodimlarning yuqori malaka va texnik mahoratga ega ekanliklarini yuqori baholadilar.

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi ikkinchi kuzatuv auditi natijalari bo‘yicha ISO 9001:2015 xalqaro standarti sertifikatini muvaffaqiyatli himoya qildi.

2022-yilning 1-2-iyun kunlari “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining Sifatni boshqarish tizimida (SBT) ISO 9001:2015 xalqaro standarti bo‘yicha «CERT International» sertifikatsiya organi tomonidan Re-sertifikasiya auditi o‘tkazildi.

Re-sertifikasiya auditi “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining markaziy apparatida Bosh auditor Sh.Yunusova hamda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatlarida аудиторлар R.Aliev, A.Biryukov, N.Mamadjanovalar tomonidan o‘tkazildi. 

Yuqorida ko‘rsatilgan davr ichida auditorlar korxonada sifatni boshqarish tizimining ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiqligiga kelishini hamda samaradorligiga baho berdilar.

“EMMM” DUK markaziy apparati hamda viloyat EMMXda jarayonlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha auditorlar 4 ta tavsiyalarni berdi. 

Auditorlar, korxona rahbariyatining Sifatni boshqarish tizimini rivojlantirish yo‘lidagi sayi-harakatlarini, xodimlarning yuqori malaka va texnik mahoratga ega ekanliklarini yuqori baholadilar.

Shuningdek, zarur texnik o‘lchov qurilmalarni, dasturiy ta’minotlarni va infrastrukturani korxona ish faoliyatida doimiy yangilab borilishiga erishilayotganligini ham alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Re-sertifikasiya auditi natijalariga ko‘ra “EMMM” DUK ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha sertifikatni muvaffaqiyatli himoya qildi.

2023-yilning 22-23-iyun kunlari “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining Sifatni boshqarish tizimida (SBT) ISO 9001:2015 xalqaro standarti bo‘yicha «CERT International» sertifikatsiya organi tomonidan birinchi kuzatuv auditi o‘tkazildi.

Birinchi kuzatuv auditi “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining markaziy apparatida Bosh auditor I.Kudyakov va A.Alimov hamda Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatlarida auditorlar A.Alimov, D.Damidova, E.Djamaliddinovalar tomonidan o‘tkazildi.

Yuqorida ko‘rsatilgan davr ichida auditorlar korxonada sifatni boshqarish tizimining ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiqligiga kelishini hamda samaradorligiga baho berdilar.

Auditorlar tomonidan korxona faoliyatida yuz berishi mumkin bo‘lgan tahlikalarni oldini olish maqsadida 2 ta tavsiyalarni berildi.

Auditorlar, barcha bo‘lim boshliqlarining yuqori malakasi va xodimlarning o‘z vazifalarini bajarishga mas‘uliyat bilan yondoshishi, axborotni tahlil qilishda statistik usullaridan faol foydalanishlarini hamda audit davomida ochiq va konstruktiv muhitga ega ekanligini yuqori baholadilar.

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi birinchi kuzatuv auditi natijalari bo‘yicha ISO 9001:2015 xalqaro standarti sertifikatini muvaffaqiyatli himoya qildi.

ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiq SWOT-tahlil yordamida aniqlangan ichki va tashqi omillar (kontekst) tasdiqlangan va aniqlangan xatarlar ta’sir doirasini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

“EMMM” davlat unitar korxonasining uzoq muddatli istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab beruvchi sifat sohasidagi siyosati dolzarbligini inobatga olgan holda, har yili “EMMM” davlat unitar korxonasi markaziy apparati va tarkibiy bo‘linmalarning Sifat boshqarish tizimi faoliyatini takomillashtirishda taqdim etilgan takliflari tahlil qilinib, maqsadli takliflarni amalga oshirish uchun Rahbar tomonidan qaror qabul qilinadi.

Hujjatlar (Qonunchilik hujjatlari, normativ hujjatlar va SBT hujjatlari)ni izlash va ular bilan ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish va soddalashtirish maqsadida “EMMM” DUKning markaziy apparati bo‘lim va xizmatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat EMMXlarda “Portal2” axborot portali joriy etilgan.

SBT yangiliklari va xalqaro standart ISO 9001 talablari bo‘yicha “EMMM” DUK xodimlarining ish unumdorligini oshirishga qaratilgan ma’lumotlar korxona web-sayti va “Portal2” axborot portalining “Ichki hujjatlar” bo‘limida doimiy ravishda yangilanib boriladi.

 “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining sifat sohasidagi siyosati ishlab chiqilgan hamda mazkur siyosatda keltilringan istiqbolli vazifalarni ijrosini taminlash maqsadida har yili sifat maqsadlari ishlab chiqiladi va mazkur maqsadlarda belgilangan vazifalar o‘z vaqtida bajariladi. 

 

Faylni tanlang