Mijozlar uchun

Savol va javoblar

Bino ichida Wi-Fi orqali internet tarqatish uchun ruxsatnoma olish kerakmi? Agar ruxsatnoma kerak bo‘lsa, kimga murojaat qilishim kerak? Ro‘yxatga olish muddatlari qanday?

 

2020-yil 29-oktabrdagi 612-sonli RCHRK qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish tizimlarini 2400-2483.5 MGs, 5150-5250 MGs, 5250-5350 MGs, 5210-5350 MGs, 5520-5550 MGs, 5570-5650 radiochastota polosalarida ikkilamchi asosda foydalanishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirmasdan foydalanishga ruxsat beriladi, agar samarali izotropik nurlanish quvvati (EIRP) 100mVt ya’ni( 20 dBm)dan ortiq bo‘lmasa;

Shu bilan birga ushbu radioelektron vositalarning samarali izotropik nurlanish quvvati 100mVt dan oshsa, ushbu radioelektron vositalar uchun ruxsatnomalar belgilangan tartibda «Elektromagnit moslashuv markazi» DUKda rasmiylashtirilishi zarur bo‘ladi.

Xarid qilish va o‘rnatish uchun rasmiylashtirilgan ruxsatnoma xujjatlari bundan oldingi egasiga berilgan bo‘lsa, bu holda ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish kerakmi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli qarorining 2-ilovasi «Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat etish tartibi to‘g‘risida»gi nizomining                110-bandiga muvofiq REVning bir egasi tomonidan boshqaga berish, shuningdek uni sotishga faqat RChOning ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi, REVni mulk qilib olish (huquqiy ega bo‘lish) bundan mustasno. REVning yangi egasi ushbu Nizomning 3 va 5-boblarida belgilangan tartibda kerakli ruxsatnomalarni rasmiylashtirishga majbur.” amalga oshiriladi.

71-76 GGs va 81-86 GGs radiochastota polosalaridan foydalanishga ruxsatnoma olish uchun rasmylashtirish muddatini qisqartirish va soddalashtirish tartibi bormi?

Radiochastotalar bo‘yicha respublika Kengashining 2020 yil 19 oktabrdagi №. 610 sonli "Turg‘un xizmati radioelektron vositalaridan foydalanish tartibini soddalashtirish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri radiorele stansiyalaridan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan zamonaviylashtirish, ishlab chiqarish, modernizatsiya, chet-eldan olib kirish va foydalanishga ruxsatnomalar berish uchun rasmiylashtirish tartibi soddalashtirilgan, ya’ni, RRSning texnik parametrlari ushbu qarorning ilovasida keltirilgan texnik tavsiflariga mos kelganda kengashning alohida qarorlarini rasmiylashtirmasdan foydalanishga ruxsat etiladi.

GPS qabul qilgichdan foydalanish uchun ruxsatnoma talab qilinadimi?

Radioto‘lqinlarni uzatish uchun mo‘ljallanmagan REVga EMMM tomonidan ruxsatnoma olish ta’lab qilinmaydi.

DVB-T2 standartida qaysi polosa kengligi ishlatiladi?

1,7; 5; 6; 7; 8 va 10 MHz. O’zbekiston Respublikasida 8 MHz polosa kengligi ishlatiladi.

DVB-T2 standartidagi 8 MHz li polosa kengligidagi bitta televizion kanalda qancha raqamli televizion kanal efirga uzatilishi mumkin?

Uzatiladigan tasvirning sifatiga qarab. Standart sifatli SD uchun o'rtacha 16 tagacha telekanal uzatilishi mumkin.

Koʼp qavatli binolar ichida barqaror aloqaga erishish mumkinmi?

Bugungi kunda sotali aloqa signallarni kuchaytiruvchi maxsus kamquvatli (500 mVt) repitorlar mavjud boʼlib, ulardan foydalangan xolda joylarda barqaror aloqaga erishish mumkin. Ushbu repitorlardan Radiochastotalar boʼyicha Respublika Kengashining 2011 yildagi №256-son qaroriga muvofiq foydalanish va ularni oʼrnatishda malakali mutahassislar xizmatidan foydalanish tavsiya etiladi. Аks xolda oʼzboshimchalik bilan oʼrnatilgan bunday repitorlar oʼziga yaqin boʼlgan mobil aloqa BSlarini ish faoliyatida radiohalaqitlar keltirib chiqaradi.

Qanday radiochastota taqdiomtlari REVlarning turlari majburiy xalqaro muvofiqlashtirilishi va XRIda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak?

Barcha radiochastota taqdimotlari xalqaro muvofiqlashtirishga bo‘ysunadi, faqat QT ​​radioeshittirish, radio havaskor xizmatlari va kema stansiyalari bundan mustasno.

Radiochastota taqdimotlariga qo‘shni mamlakatlardan kelib tushayotgan halaqitli ta’sirlardan, xalqaro huquqiy himoyani qanday qilib rasmiylashtirsa bo‘ladi?

 

Radiochastota taqdimotlarining xalqaro huquqiy himoyasi, EMMM DUKning asosiy vazifalaridan biri deb hisoblaniladi. Ushbu himoyani rasmiylashtirish uchun, EMMM DUKning Radiochastota taqdimotlarining muvofiqlashtirish bo‘limiga murojaat qilib, unga xalqaro himoyaga muxtoj bo‘lgan REVning texnik xarakteristikasi taqdim etilishi kerak. EMMM DUKning amaldagi tarifiga asosan, REVning turiga qarab, ushbu xizmat 4 ming so‘m dan 182,480 so‘mgacha deb belgilangan. Tel. +99895 340-41-07 Radiochastota taqdimotlarining muvofiqlashtirish bo‘limi
DVB-T2 standarti nima?

DVB standartlari guruhiga kiruvchi Yevropa standartidagi ikkinchi avlod efirli raqamli teleeshittrish standarti.

Savolingizga javob topmadingizmi?

Faylni tanlang