EMMM yangiliklari

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Joriy yilning 18-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda davlatimizning muhim ramzlaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida so‘z bordi. Bu yil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 33 yil to‘ldi. 1991-yil 18-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog‘i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u jahon hamjamiyatida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni aks ettiradi.

Tadbir davomida qatnashchilarga bayrog‘imiz to‘g‘risida atroflicha tushunchalar berilib, mavzuga doir qiziqarli maʼlumotlar ham taqdim etildi. Qatnashchilar o‘rtasida fikr-mulohazalar almashildi.

Qashqadaryo viloyati EMMX 1-toifali muhandisi N.A.Djumayev

Faylni tanlang