"EMMM" DUK yangiliklari

2026-yil 15-16-yanvar kunlari Dushanbe shahrida elektromagnit moslashuv masalalariga doir Tojikiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida ishchi uchrashuv boʻlib oʻtdi

photo2026-01-2009-32-48.jpg

Tadbirda ikki mamlakatning tegishli davlat idoralarining rasmiy vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvning maqsadi radiochastota spektridan foydalanish va tartibga solish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, chegara hududlarida faoliyatni muvofiqlashtirish etib belgilandi.

Uchrashuvning birinchi kunida chegara hududlarida radiochastota biriktirishlarini muvofiqlashtirish va yer usti fuqarolik radioelektron vositalaridan foydalanishga oid hukumatlararo kelishuvning ayrim bandlarini koʻrib chiqdilar. Amaldagi  chastotalarni muvofiqlashtirish va oʻzaro radiohalaqitlarining oldini olishga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining radiochastota spektridan foydalanish sohasida oʻlchovlarni oʻtkazish tajribasini koʻrib chiqdilar va radiomonitoring masalalarini muhokama qildilar. Alohida kun tartibidagi masala beshinchi avlod (5G) aloqa tarmoqlarini joriy etish va tartibga solish tajribasini, shuningdek, umuman radiochastota spektridan samarali foydalanish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqishni oʻz ichiga oldi. 

Uchrashuvning ikkinchi kunida radiochastota spektridan foydalanish samaradorligini oshirish va chegara hududlarida chastota biriktirishlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan muhokama davom etdi.

photo2026-01-2009-32-55.jpg

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan uchrashuvda: Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish va hisobga olish xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari E.X. Mirzabekov, Radionazorat va texnik rivojlanish xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari F.F.Yusupov va Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish va hisobga olish xizmatining 1-toifali muhandisi F.F.Rahimgaziyevlar ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuvni o‘tkazish Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

 

Tayyorladi: RTMHX 1-toifali muhandisi A.A.Feyzullayev.

Faylni tanlang