EMMM yangiliklari

7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni

photo2026-05-0716-26-27.jpg

Hurmatli axborot-kommunikatsiyalar sohasi vakillari!

Sizlarni 7-may — Oʻzbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Bugungi kunda mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, zamonaviy aloqa tizimlarini kengaytirish, aholiga sifatli va tezkor xizmatlar ko‘rsatish yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda sizlarning munosib hissangiz beqiyosdir. Yurtimizning har bir hududini ishonchli aloqa va internet tarmoqlari bilan bog‘lash, axborot xavfsizligini ta’minlash, raqamli iqtisodiyot poydevorini mustahkamlashdek mas’uliyatli vazifalarda sizlarning fidokorona mehnatingiz tahsinga sazovordir.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuq va zafarlar tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! 

 

Hurmat bilan,

Elektromagnit moslashuv markazi 

Faylni tanlang