Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida fuqaro muhofazasi tuzilmalari bilan hamkorlikda navbatdagi obyekt o‘quv mashg‘uloti muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Bunda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish, xodimlarning favqulodda vaziyatlar vaqtida to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining o‘zaro hamkorligini taʼminlash hamda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirishdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulot davomida bir-nechta amaliy bosqichlar bajarildi. Avval, favqulodda vaziyat signali berilgach, barcha xodimlar va fuqaro muhofazasi tuzilmalari aʼzolari belgilangan tartibda zudlik bilan xabardor qilindi hamda belgilangan yig‘ilish joyiga to‘plandi. Evakuatsiya tadbirlari bo‘yicha: bino ichida bo‘lgan xodimlarni xavfsiz hududga tezkor, tartibli va belgilangan yo‘nalishlar asosida evakuatsiya qilish jarayoni amaliyotda sinab ko‘rildi. Evakuatsiya vaqtida xodimlarning xavfsizligi va harakatlar muvofiqligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Avariya-qutqaruv ishlari va birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha: fuqaro muhofazasi tuzilmalari aʼzolari shartli ravishda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘inni boshlang‘ich bosqichida bartaraf etish hamda obyekt xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha amaliy harakatlarni bajardilar. O‘zaro hamkorlik va tezkor harakatlar bo‘yicha: mashg‘ulot jarayonida fuqaro muhofazasi tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlik, masʼul xodimlarning vazifalarni aniq taqsimlashi, belgilangan harakatlar ketma-ketligiga rioya etishi va favqulodda vaziyat sharoitida tezkor qaror qabul qilishi amalda sinovdan o‘tkazildi.

Bunday amaliy mashg‘ulotlarni muntazam ravishda o‘tkazish xodimlarni favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilishga tayyorlash, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining shayligini taʼminlash, obyekt xavfsizligini mustahkamlash hamda insonlar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fuqaro muhofazasi — bu nafaqat favqulodda vaziyatga tayyor turish, balki inson hayotini asrashga bo‘lgan doimiy masʼuliyatdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX
1-toifali muhandisi A.P.Kartbaev