Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarori bilan tasdiqlangan “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi nizom hamda viloyatdagi vakolatli organlar bilan kelishilgan 2026-yilgi chora-tadbirlar rejasi asosida tashkil etildi.
Radiomonitoring tadbirlari jarayonida Asaka tumani Baraka MFY J.Manguberdi ko‘chasida joylashgan savdo majmuasida “BAOFENG BF-999S” rusumli jami 13 (o‘n uch) dona radioelektron vositalaridan ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi.
Aniqlangan qurilmalar Asaka tumani IIB xodimi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yildi va texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Andijon viloyati EMMXga taqdim etildi.
Mazkur radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazilib, ularning xulosalari belgilangan tartibda rasmiylashtirib berildi.
Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi E.R.Abduvaliyev


