EMMM yangiliklari

Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati (EMMX) hamda Oltinko‘l tumani IIB xodimi hamkorligida navbatdagi tezkor radiomonitoring tadbiri o‘tkazildi

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarori bilan tasdiqlangan “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi nizom hamda viloyatdagi vakolatli organlar bilan kelishilgan 2026-yilgi chora-tadbirlar rejasi asosida tashkil etildi.

Radiomonitoring tadbirlari jarayonida Oltinko‘l tumani, “Sadda” MFY hududida joylashgan “METAN-PROPAN-BENZIN” AYoQShda “BAOFENG BF-E50 Pro” rusumli jami 2 (ikki) dona radioelektron vositadan ruxsatnomasiz, noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi.

Aniqlangan qurilmalar Oltinko‘l tumani IIB xodimi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yildi va texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Andijon viloyati EMMXga taqdim etildi. 

Mazkur radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazilib, ularning xulosalari belgilangan tartibda rasmiylashtirib berildi.

photo2026-08-1016-46-15.jpg

photo2026-08-1016-46-20.jpg

 

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi E.R.Abduvaliyev

Faylni tanlang