Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati (EMMX) va Xo‘jaobod tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor radiomonitoring tadbirini o‘tkazdilar. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarori bilan tasdiqlangan “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi nizom hamda viloyatdagi vakolatli organlar bilan kelishilgan 2026-yilgi chora-tadbirlar rejasi asosida tashkil etildi.
Radiomonitoring tadbirlari jarayonida Xo‘jaobod tumani Xidirsha MFY Munduz ko‘chasida joylashgan “Andijon avtomobil va extiyot qismlar 2019” MChJ hududida jami 12 (o‘n ikki) dona “BAOFENG UV-5R” rusumli radioelektron vositalaridan ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi.
Aniqlangan qurilmalar Xo‘jaobod tumani IIB xodimi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yildi va texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Andijon viloyati EMMXga taqdim etildi.
Mazkur radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazilib, ularning xulosalari belgilangan tartibda rasmiylashtirib berildi.



Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi E.R.Abduvaliyev