"EMMM" DUK yangiliklari

Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 16-fevral kuni korxonada korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ichki siyosat va tartib-taomillar mazmunini xodimlarga yetkazish, ularning huquqiy ongi va shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha normativ hujjatlar to‘plami (KINH-10) asosida o‘tkazildi.

photo2026-02-1715-49-34.jpg

Muhokamalar davomida korxonaning korrupsiyaga qarshi siyosati, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish tartibi, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash mexanizmlari, shuningdek kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Kontragentlar bilan munosabatlarda shaffoflikni ta’minlash, xizmat vazifalarini bajarishda halollik tamoyillariga qat’iy rioya etish hamda odob-axloq qoidalariga amal qilish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Tadbirda 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-sonli Prezident Farmoni mazmuni ham keng yoritilib, unda davlat tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ichki nazorat tizimini kuchaytirish va ochiqlikni ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilanganligi qayd etildi. Mazkur hujjat talablaridan kelib chiqib, korxonada profilaktik choralarni izchil davom ettirish hamda nazorat mexanizmlarini yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.

photo2026-02-1715-49-39.jpg

Davra suhbati ochiq muloqot tarzida o‘tib, xodimlar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Yakunda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, shaxsiy javobgarlikni kuchaytirish hamda halollik va shaffoflik tamoyillariga og‘ishmay amal qilish muhim ekani yana bir bor qayd etildi.

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi Q.X.Atadjanov

Faylni tanlang