EMMM yangiliklari

Andijon viloyati EMMX tomonidan Andijon tumanida noqonuniy radioaloqa vositasidan foydalanish holati aniqlandi

Andijon viloyati EMMX xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son bilan ro‘yxatga olingan qaroriga muvofiq “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”  bo‘yicha viloyatdagi vakolatli organlar bilan  o‘zaro hamkorlikda 2026-yilda o‘tkaziladigan chora-tadbirlar rejasiga asosan  radioelektron vositalardan noqonuniy ravishda foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida joriy yilning 20-aprel kuni Andijon tumani hududida radiomonitoring o‘tkazildi.

photo2026-04-2416-31-14.jpg   

O‘tkazilgan monitoring tadbirlari jarayonida Andijon tumani, “Yangi Andijon shaharchasi”dagi qurulish obyektida radioaloqa vositasidan ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi.

    Andijon tumani IIB JXX HPB PI xodimi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim qilindi.

photo2026-04-2416-31-19.jpg

Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi va texnik ekspertiza xulosalari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib berildi.

photo2026-04-2416-31-24.jpg

 

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi E.R. Abduvaliyev

Faylni tanlang