EMMM yangiliklari

Andijon viloyati EMMX xodimlari tomonidan Andijon shahar hududida navbatdagi tezkor tadbir ishlari o‘tkazildi

Andijon viloyati EMMX xodimi hamda Andijon viloyati IIB xodimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son bilan ro‘yxatga olingan qaroriga muvofiq “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” viloyatdagi vakolatli organlar bilan  o‘zaro hamkorlikda 2026-yilda o‘tkaziladigan chora-tadbirlar rejasiga asosan  radioelektron vositalardan noqonuniy ravishda foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida joriy yilning 20-aprel kuni Andijon shahar hududida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.

    O‘tkazilgan monitoring tadbirlari jarayonida Andijon shahar Amir Temurshoh ko‘chasida joylashgan “BYD” avtosalonida radioelektron vositalaridan ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi. 

photo2026-04-2310-23-49.jpg

photo2026-04-2310-23-54.jpg

  Andijon shahar IIO FMB 4-sonli  IIB XPB PKI mayor tomonidan radioelektron vositalar qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yildi va texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim qilindi.

photo2026-04-2310-23-59.jpg

photo2026-04-2310-24-05.jpg

Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi va texnik ekspertiza xulosalari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib berildi.

 

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi E.R. Abduvaliyev

Faylni tanlang