Andijon viloyati EMMX xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son bilan ro‘yxatga olingan qaroriga muvofiq “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” viloyatdagi vakolatli organlar bilan o‘zaro hamkorlikda 2026-yilda o‘tkaziladigan chora-tadbirlar rejasiga asosan radioelektron vositalardan noqonuniy ravishda foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida joriy yilning 27-mart kuni Andijon shahar hududida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan monitoring tadbirlari jarayonida Andijon shahar “Yangi Aylanma” ko‘chasida joylashgan “Premium Oil” AYQShda radioelektron vositasidan ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi.

Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB XRB PKI mayori tomonidan radioelektron vositalar qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yildi va texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim qilindi.


Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi va texnik ekspertiza xulosalari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib berildi.
Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi E.R. Abduvaliyev