Joriy yilning 29-iyul kuni Andijon viloyatida “Vodiy Quiz” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari “ARGUS” jamoasi nomi ostida munosib ishtirok etdilar.

Mazkur intellektual bellashuvda vodiy hududlaridan tashrif buyurgan jami 21 ta jamoa o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi. Musobaqa davomida ishtirokchilar tarix, ilm-fan, adabiyot, mantiq, umumiy bilim va tezkor fikrlashga oid savollarga jamoaviy tarzda javob berib, o‘z intellektual salohiyatini namoyon etdilar.

Andijon viloyati EMMXning “ARGUS” jamoasi ham bellashuvda faol qatnashib, har bir bosqichda jamoaviy hamkorlik, mantiqiy fikrlash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyon etdi. Bunday intellektual o‘yinlar xodimlarning nafaqat bilimini boyitish, balki jamoada o‘zaro hamjihatlik va hamkorlikni yanada mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
