Andijon viloyati EMMX xodimlari va Buloqboshi tumani IIB JXX XPB PI katta inspektori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son bilan ro‘yxatga olingan qaroriga muvofiq “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida ” bo‘yicha viloyatdagi vakolatli organlar bilan o‘zaro hamkorlikda 2026-yilda o‘tkaziladigan chora-tadbirlar rejasiga asosan radioelektron vositalardan noqonuniy ravishda foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida joriy yilning 1 aprel kuni Buloqboshi tumani hududida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan monitoring tadbirlari jarayonida Buloqboshi tumani, “Qaqir” MFYda yashovchi fuqaro Z.M. Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining 2022-yil 23-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurulmalaridan foydalanish to‘g‘risida” gi 707-sonli Qarorning texnik shartlariga mos bo‘lmagan hamda elektromagnit moslashuv normalariga va texnik talablarga muvofiqlik bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lmagan mobil signallarini kuchaytiruvchi retranslyator (repitor) qurulmasidan ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi.

Buloqboshi tumani IIB JXX XPB PI katta inspektori tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim qilindi.

Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi va texnik ekspertiza xulosalari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib berildi.
Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi N.M. Qorachayev