EMMM yangiliklari

Andijon viloyatida Elektromagnit moslashuv xizmatida zilzila tusidagi favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Mamlakatimizda aholi va tashkilotlar xodimlarining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish, tabiiy hamda texnogen xususiyatli  favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini kamaytirish hamda insonlar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

photo2026-10-2214-52-36.jpg

 

Shu munosabat bilan 2026-yil 21-oktabr kuni “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati hamda “UzPost” Andijon filiali bosh ofisi xodimlari ishtirokida zilzila vaqtida xavfsiz harakat qilish qoidalariga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

photo2026-10-2214-52-41.jpg

Mashg‘ulot davomida Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan zilzilaning yuzaga kelish sabablari, uning ehtimoliy oqibatlari va favqulodda vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlash choralari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

photo2026-10-2214-52-48.jpg

Shuningdek, yer silkinishi sodir bo‘lganda vahimaga tushmaslik, xavfsiz joyni to‘g‘ri tanlash, bino ichida va tashqarisida harakatlanish qoidalariga rioya qilish, evakuatsiya yo‘nalishlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda jabrlanganlarga dastlabki yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

photo2026-10-2214-52-53.jpg

Tadbir davomida xodimlarga favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish, o‘z hayoti va atrofdagilar xavfsizligini ta’minlashda zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni egallash muhimligi tushuntirildi.

 

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi U.B. Shodmonov

Faylni tanlang