Joriy yilning 12 dekabr kuni Jizzax viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida Jizzax viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Atmosfera havosini muhofaza qilishni ta’minlash sho‘basi hamda O‘rmon va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish hamda “Yashil makon” loyihasini tashkillashtirish sho‘basi boshliqlari ishtirokida 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” davlat dasturiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida xizmat xodimlari dastur mazmuni, uning asosiy yo‘nalishlari va ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mutaxassislar dastur doirasida mamlakatda atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni kamaytirish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish va yashil texnologiyalarni joriy etish kabi muhim chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, xizmat xodimlari ekologik madaniyatni oshirish, ijtimoiy tashabbuslarda faol ishtirok etish va “yashil” loyihalarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari bilan tanishtirildi.


Tadbir davomida xodimlar o‘z fikrlarini bildirdilar, amaliy takliflar berdilar va atrof-muhitni asrash hamda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish mas’uliyatini oshirish zarurligini qayd etdilar. Davra suhbati ijobiy ruhda yakunlandi.
Jizzax viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi X.A.Israilov