Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan raqamli axborot asrida internet va ommaviy axborot vositalaridan to‘g‘ri, oqilona hamda samarali foydalanish madaniyatini oshirish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, intellektual salohiyatli yoshlarning turli axborot xurujlari, kiberxavflar, soxta (feyk) xabarlar va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetini shakllantirish davrimizning dolzarb vazifalaridan biridir.

Joriy yilning 9-oktabr kuni Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida xodimlar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida internet va ommaviy axborot vositalaridan samarali hamda xavfsiz foydalanish madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida internet tarmog‘ida uchraydigan turli axborot xurujlari va yolg‘on ma’lumotlardan himoyalanish, axborotlarni tanqidiy tahlil qilish, ishonchli manbalarni soxta manbalardan farqlash hamda axborotlardan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, xodimlarda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, axborot madaniyatini oshirish va raqamli muhitda mas’uliyatli munosabatni shakllantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Raqamli asrda axborot madaniyati — zamonaviy bilim va teran tafakkur belgisi, mafkuraviy immunitet esa inson ma’naviyatini hamda jamiyat barqarorligini zararli g‘oyalar ta’siridan asrovchi ishonchli qalqondir.
Bajardi: Samarqand viloyat EММХ 2-toifali muhandisi Djaniyev.B