Soha yangiliklari

Dubayda bo‘lib o‘tayotgan World Governments Summit xalqaro forumida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda

Joriy yilning 11–13-fevral kunlari Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon hukumati sammiti (World Government Summit) xalqaro anjumanida O‘zbekiston delegatsiyasi qatnashmoqda.

Mazkur anjuman hukumatlar, xalqaro tashkilotlar va xususiy sektor rahbarlari, davlat arboblari hamda soha ekspertlari ishtirokida davlat boshqaruvi va davlat xizmatining rivojlanish istiqbollari, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda sun’iy intellektning o‘rni, davlat boshqaruvidagi muammolarga innovatsion yechimlar yuzasidan takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.

Ushbu anjumanda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi hamda anjuman doirasida tashkil etilgan “Is the World Ready for the Next Wave of Digital Disruption?” (Dunyo raqamli inqilobning yangi to‘lqiniga tayyormi?) sessiyasida nutq so'zladi.

Ushbu sessiyada butun dunyo bo‘ylab hukumatlarning texnologiyalar yordamida innovatsiyalarni rivojlantirish, davlat xizmatlarini yaxshilash va barqaror jamiyatlar yaratish borasidagi yondashuvlar muhokama qilindi.

Panelda muvaffaqiyatli tajribalar, hamkorlik yondashuvlari va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha strategiyalar tahlil qilinib, bu jarayonda raqamli boshqaruvning transformatsion imkoniyatlari va barqaror rivojlanish yo‘lida raqamli texnologiyalarning roliga e’tibor qaratildi.

Ma'lumot uchun: Butunjahon hukumati sammiti 2013-yildan beri har yili BAA vitse-prezidenti va Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Rashid Ol Maktum shafeligida o‘tkazib kelinadi.

Faylni tanlang