EMMM yangiliklari

Diqqat, e’lon! O‘zbekiston Respublikasi aholisi va mehmonlari diqqatiga!

photo2025-12-1715-22-35.jpg

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi (“EMMM” DUK) ogohlantiradi: mamlakat hududiga ruxsatnomasiz olib kirilayotgan, sotilayotgan hamda ishlatilayotgan radioelektron vositalari (barcha turdagi radiouzatish vositalari) o‘rnatilgan tartibda musodara qilinishini hamda ushbu qurilmalarni olib kirishni amalga oshirgan shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rilishini ma’lum qiladi.

Radioelektron vositalarni respublika hududiga olib kirish istagida bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga “EMMM” DUK va uning viloyatlardagi bo‘linmalaridan ruxsatnoma rasmiylashtirishingizni so‘raymiz.

Shu bilan birga, “EMMM” DUK turli diapazonlardagi radioaloqa vositalariga, televideniye va radioeshittirish dasturlari qabuliga ta’sir etuvchi radioxalaqitlarni bartaraf etish uchun jismoniy va yuridik shaxslardan buyurtmalarni elektron ko‘rinishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qiladi. 

Radioxalaqitlarni bartaraf etish ishlari O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 725-I-sonli “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli Qarorining 3-ilovasi “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizomi asosida amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

Faylni tanlang