Joriy yilning 31-iyul kuni Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi T.M.ga tegishli qo‘l yuklari xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Tekshiruv davomida jami 2 (ikki) dona “BAOFENG BF-Q8 PRO” rusumli radioelektron vosita (ratsiya) aniqlandi. Fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qurilmalar vaqtincha saqlashga olindi.Ushbu radioelektron vositalar (REV) 2026-yil 3-avgust kuni texnik ekspertiza xulosasini olish uchun Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga (EMMX) taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, viloyatdagi vakolatli organlar bilan o‘zaro hamkorlikda 2026-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi asosida qurilmalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi. Ekspertiza xulosalari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirib berildi.
Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi E.R.Abduvaliyev