Joriy yilning 22-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida “El-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik va korrupsiya kabi illatlarga barham berish — bugunning dolzarb vazifasi” mavzusida texnik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

El-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik va korrupsiya jamiyatimiz taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. Korrupsiya - bu faqat pora emas, bu kelajakka xiyonatdir. Bugun korrupsiyani faqat “pul olish” deb tushunish juda soddalik bo‘ladi. Korrupsiya — bu: qonunni ataylab buzish, haq bo‘lmagan narsani olish, boshqalarning imkoniyatini tortib olish. Korrupsiya sababli: halol ishlovchi odamda ishonch yo‘qoladi, yoshlar: “To‘g‘ri yo‘l bilan yursa bo‘lmaydi” degan fikrga boradi, davlatga ishonch yemiriladi.
Mamlakatimizning kelajagi va obroʻ-e’tiborini qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro bu kabi tahdidlarni esda tutmogʻi darkor. Halol mehnat qilish, oʻz bilimi, kuch-gʻayrati va ijodiy qobiliyatini sarflash uchun barqaror shart-sharoit boʻlishini istaydigan, farzandlari va yaqin kishilari kelajakda ham demokratik, fuqarolik jamiyatida sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlarining samaralaridan toʻla-toʻkis foydalanishni orzu qiladigan har bir fuqaro, korrupsiya yoʻliga oʻz vaqtida zarur toʻsiq qoʻyilmasa, bu illatlar qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishini anglash qiyin emas. Biz korrupsiya balosiga birgalikda, ahillik bilan, dadil qadamlar ila kurashmogʻimiz zarurligi to‘g‘risida mazkur texnik o‘quv mashg‘ulotida urg‘u berildi va mavzuga oid qiziqarli ma’lumotlar haqida so‘zlab o‘tildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX
1-darajali radiooperatori A.Shimbergenov