Joriy yilning 29-oktabr kuni Elektromagnit moslashuv markazida navbatdagi o‘quv soati tashkil etildi. Unda markaziy apparatning bo‘lim va xizmatlari xodimlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmati (EMMX) xodimlari faol ishtirok etdi.

O‘quv soatida, Bosh komplayens inspektori T. Islamov ISO 37001:2025 xalqaro standarti — “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi. Foydalanish bo‘yicha talablar va tavsiyalar” mavzusida ma’lumot berdi.

Ma’ruzada ISO 37001:2025 xalqaro standartining asosiy talablari, uning EMMMda qo‘llanilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimini takomillashtirish masalalari yoritildi.
Jumladan:
ISO 37001:2025 xalqaro standarti va uning EMMMda qo‘llanilishi.
ISO 37001 pora olish-berishni rasman taqiqlashni emas, balki yaxlit boshqaruv tizimini talab qiladi. U har qanday turdagi, hajmdagi va mulkchilik shaklidagi tashkilotlarga qo‘llanadi, bevosita va bilvosita poraxo‘rlikni qamrab olishidir.
Tizim uchta yo‘nalishga tayanadi: oldini olish (risklarni baholash, xodimlar va hamkorlarni tekshirish, nazorat choralari), aniqlash (xabar berish kanallari, tekshiruvlar), yaxshilash (monitoring, ichki audit, doimiy takomillashtirish).
Standartning birinchi tahriri 2016-yilda, ikkinchisi (ISO 37001:2025) 2025-yil fevralda qabul qilingan. IAFning o‘tish davri 2027-yil 28-fevralda tugashi haqida qayd etildi.

EMMM uchun bu KQMTni noldan yaratish emas, balki amaldagi sertifikatlangan tizimni nuqtaviy moslashtirishdir. EMMMda KQMTning kengroq tushunchasi qo‘llanadi, ISO 37001 talablari uning doirasida amalga oshirilishidir.
Standart mantiqi: kontekst yetakchilik rejalashtirish qo‘llab-quvvatlash operatsion faoliyat natijalarni baholash yaxshilanishi.
Tashkilot konteksti. Ichki omillar: resurslar va nazorat mexanizmlarining yetarliligi, adolatli mehnat haqi va shaffof rag‘batlantirish, raqamlashtirish va hujjatlashtirilganlik, hududiy tarqoqlik, korporativ madaniyat yetukligi. Tashqi omillar: Raqamli texnologiyalar vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi talablari, nohalol yetkazib beruvchilar va tekshiruv uchun ma’lumotlarning cheklanganligi, qonunchilik o‘zgarishlari, iqlim omillari (2025-yildagi yangilik).
Manfaatdor tomonlar. Hujjatga “Talab asosi / manbasi” ustuni kiritilgan: kim talab qiladi, qaysi asosda va EMMMda kim javob berilishi.
Korrupsiya xavflarini baholash xavfga yo‘naltirilgan yondashuvda amalga oshiriladi. Asosiy xavf: rahbariyatning yetarlicha jalb etilmasligi va KQMTga formal yondashuv. Choralar: rahbariyat mas’uliyatini Siyosatda mustahkamlash, KQMT samaradorligini muntazam tahlil qilish, rahbariyatni maqsadli o‘qitish, korrupsiyaga qarshi funksiya hisoboti, monitoring. Xavf shkalasi EMMMning amaldagi metodikasi va Korrupsiya risklari xaritasi bo‘yicha qo‘llanadi, parallel shkala joriy etilmasligi.

Yetakchilik va madaniyat. Siyosatning mavjudligi va tanishuv imzolari ishlaydigan madaniyat mavjudligini isbotlamaydi. Rahbariyat tamoyillarni shaxsan qo‘llab-quvvatlashi, resurs ajratishi, buzilishlarga munosabat bildirishi, funksiyaning maqomi va mustaqilligini ta’minlashi, halol xabarlarni rag‘batlantirishi va xabar berganlarga nisbatan qasos choralariga yo‘l qo‘ymasligi lozimligi.
Manfaatlar to‘qnashuvi o‘zi korrupsiya emas, ammo qarorning xolisligiga ta’sir qilishi mumkin. Sezgir sohalar: davlat xaridlari, pudratchilarni tanlash, texnik topshiriq, takliflarni baholash, ishlarni qabul qilish, to‘lovlar, kadrlar va to‘lovlar. Ichki audit butun zanjirni tekshirishi: deklaratsiya tekshiruv baholash qaror chetlashtirish yoki boshqa chora ijro nazorati amalga oshirilishi.

Korrupsiyaga qarshi funksiya kompetensiya, resurs, maqom, vakolat va rahbariyatga muhim masalalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerakliligi.
Due diligence risk darajasiga qarab o‘tkaziladi: risk qancha yuqori bo‘lsa, tekshiruv shuncha chuqur. Tekshiriladigan jihatlar: egalar va rahbarlar, affillanganlik va manfaatlar to‘qnashuvi, obro‘ va davlat xaridlaridagi ishtirok, vositachilar, g‘ayrioddiy to‘lov shartlari, boshqa “qizil bayroqchalar”.
Nazorat choralari. Moliyaviy: vakolatlarni chegaralash, bir necha bosqichli kelishuv, to‘lovlar nazorati, tasdiqlovchi hujjatlar, vakolat limitlari. Nomoliyaviy: xarid tartiblari va tanlov, texnik talablar nazorati, kontragentlarni tekshirish, ishlar va xizmatlarni qabul qilish, kadrlar tartiblari. KQMT xo‘jalik jarayonlariga singdirilgan bo‘lishi kerakliligi.

O‘qitish, xabar berish kanallari va audit. O‘qitish rol va risk darajasiga qarab, differensial reja-jadval asosida o‘tkaziladi. Xabar berish kanallari maxfiylik, ro‘yxatga olish, xolis ko‘rib chiqish va qasos choralaridan himoyani ta’minlaydi, manfaatdor shaxs tekshiruv natijalarini belgilamaydi. Ichki audit obyektiv dalillarni tekshiradi: due diligence dosyelari, manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha qarorlar, kanallar ishi, o‘qitish natijalari.

2025-yil tahririning oltita asosiy o‘zgarishi:
• korrupsiyaga qarshi madaniyatni kuchaytirish;
• iqlim omilini hisobga olish;
• manfaatlar to‘qnashuviga aniqroq urg‘u;
• korrupsiyaga qarshi funksiya rolini aniqlashtirish;
• o‘qitishni risklar va lavozimlar bilan bog‘lash;
• standart tuzilmasini uyg‘unlashtirish va boshqa tizimlar bilan integratsiyani osonlashtirish.
EMMMning uch hujjati o‘zaro bog‘liq: “Kontekst” “Manfaatdor tomonlar” “Risklar va imkoniyatlar”, keyin nazorat choralari monitoring ichki audit tuzatuvchi harakatlar doimiy yaxshilash. Yangi talab yoki yangi tomon paydo bo‘lsa, risk qayta baholanadi yoki chora tuzatilishi.
Asosiy tamoyil: tashkilot korrupsiya yo‘qligini isbotlamaydi, balki risklarni tushunishini, mutanosib choralar ko‘rishini, buzilishlarga munosabat bildirishini va KQMTni doimiy takomillashtirishini ko‘rsatishini aytib o‘tdi.
Ma’ruzachi yig‘ilish qatnashchilarining savollariga javoblar berib o‘tdi.

Shuningdek, Ish yuritishni boshqarish va ijro intizomini nazorat qilsih xizmati yetakchi muhandislari Sh.Axunbayev va R. Ganiyevlar so‘zga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi “Arxiv hujjatlarini elektron shaklda saqlash tizimini takomillashtirish” 352-son qarori talablari haqida ma’lumot berib o‘tishdi.

Arxiv hujjatlarini elektron shaklda saqlash tizimini takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 352-son qarori qabul qilinish asosi: Prezidentning 2025-yil 24-noyabrdagi PF-228-son Farmoni ijrosi. Amaldagi arxiv axborot tizimlari negizida Yagona milliy arxiv axborot tizimi joriy etiladi; barcha raqamlashtirilgan va kelgusida raqamlashtiriladigan hujjatlar shu tizimda saqlanadi; tizim Elektron hukumat markazi, vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan bog‘lanilishi.
Asosiy belgilovlar:
• 2026-yil 1-avgustdan arxiv ishiga oid barcha ma’lumot va hujjatlar Arxiv axborot tizimida shakllantiriladi va yuritiladi (davlat siri mustasno);
• xizmat doirasida foydalanish uchun grifli hujjatlar ham tizim orqali topshiriladi va qabuldan oldin ekspertizadan o‘tadi;
• xarajatlar budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Tizim ishtirokchilari:
• mas’ul ijrochi: Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, hududiy boshqarmalar va davlat arxivlari (uslubiy rahbarlik, joriy etishni muvofiqlashtirish);
• operator: Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi (tizim mulkdori, joriy etish, texnik xizmat, xavfsiz ishlash);
• foydalanuvchi: davlat organi yoki tashkilotining mas’ul xodimi (OneID orqali ro‘yxatdan o‘tadi, ERI kaliti bilan ishlaydi).
•
Tizimga ulanish tartibi: ariza tizimdagi maxsus oyna orqali operatorga yuboriladi operator 2 ish kunida ko‘rib chiqadi shartnoma elektron yuboriladi, imzolanadi va to‘lov to‘lanadi to‘lovdan so‘ng 2 ish kuni ichida ulanadi foydalanuvchilar OneID orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
Ulanishni rad etish faqat arizada yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumot bo‘lganda mumkin.
Arxiv ishini yuritish sxemasi (5 bosqich):
• foydalanuvchi hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasini kelishishga yuboradi (1-dekabrgacha);
• mas’ul ijrochi 15 ish kunida kelishadi yoki qayta ishlashga qaytaradi;
• foydalanuvchi kelishilgan nomenklaturani tizimda 2 ish kunida tasdiqlaydi;
• foydalanuvchi elektron arxiv hujjatlarini arxiv ro‘yxati bilan qonunda belgilangan muddatda topshiradi;
• mas’ul ijrochi 20 ish kunida to‘liqligini tekshiradi: saqlovga qabul qiladi yoki qaytaradi.
• Nomenklatura: har yili 1-dekabrgacha kelishish uchun yuboriladi (yangi tashkilotlar - 1 oy ichida); kamida 5 yilda bir marta to‘liq qayta tuziladi va kelishiladi; funksiya yoki tuzilma o‘zgarsa, qayta tuziladi. Tasdiqlangan nomenklatura asosida “edo.ijro.uz” kabi integratsiyalangan tizimlarda elektron hujjatlar shakllantirilishi.
•
Integratsiya va axborot xavfsizligi:
• “edo.ijro.uz” hujjat aylanish tizimi va yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) bilan integratsiya - 2 oy;
• “Raqamli hukumat” platformasi orqali ochiq axborot tizimlari; grifli hujjatlar qoidalariga muvofiqlashtirish - 6 oy;
• ruxsatsiz kirishning oldini olish; nosozliklar 3 kun ichida bartaraf etiladi.
Huquq va majburiyatlar:
• mas’ul ijrochi: hujjatlarni belgilangan muddatda topshirishni talab qilish huquqi; uslubiy rahbarlik, joriy etishni muvofiqlashtirish, tahliliy o‘rganishlar majburiyati;
• operator: xavfsizlik buzilganda foydalanuvchi kirishini cheklash huquqi; foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish, ulash va o‘qitish, tizim uzluksizligini ta’minlash majburiyati;
• foydalanuvchi: texnik yordam olish va o‘z hujjatlari xavfsizligini talab qilish huquqi; nomenklatura tuzish, ma’lumotlarni to‘liq kiritish va hujjatlarni muddatida topshirish majburiyati.
Yakunlovchi qoidalar:
• to‘lov summasining 70 foizi Agentlikning Arxiv ishini rivojlantirish jamg‘armasiga,
• 30 foizi operator hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi;
• nizom buzilishida aybdorlar qonunchilikka muvofiq javob beradi; qarorning ijrosini nazorat qilish adliya vaziriga yuklanganligi to‘g‘risida aytib o‘tishdi.
Ma’ruzachi yig‘ilish qatnashchilarining savollariga javoblar berib o‘tdi.
