Farg‘ona viloyatida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” gi 801-sonli Qaroriga binoan Farg‘ona viloyati hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotish, o‘rnatish, xorijdan olib kirish hamda foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablariga rioya qilmaslik holatlari ko‘payib bormoqda. Ushbu holatlarni kamaytirish maqsadida Farg‘ona viloyati Davlat Xavfsizlik Xizmati Boshqarmasi, Farg‘ona viloyati IIB JXX XPB bo‘limi, Farg‘ona viloyati “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi va Elektromagnit moslashuv xizmati tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona shahar hududida tezkor tadbir o‘tkazildi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida quyidagilar aniqlandi:
Farg‘ona shahri Joydam MFY Jomiy ko‘cha 56-uyda joylashgan oshxonada noqonuniy ravishda umumiy 8 dona, 4 dona BAOFENG BF-888S, 2 dona BAOFENG BF-999S, 2 dona BAOFENG C-6 rusumli ratsiyadan foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

Farg‘ona shahar, Yuksalish ko‘chasi 104-uyda joylashgan oshxonada YTT X.G. tomonidan noqonuniy ravishda umumiy 2 dona BAOFENG BF-888S rusumli ratsiyalardan foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

Farg‘ona shahar, Yangi yo‘l MFY hududida fuqaro G. A. tomonidan noqonuniy ravishda 5 dona BAOFENG BF-888S rusumli ratsiyalardan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan barcha ratsiyalar IIB JXX XPB tomonidan musodara qilindi va qonunchilikda ko‘rsatilgan tartibda choralar ko‘rish va ma’muriy javobgarlik masalasini hal etish uchun “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limiga yuboriladi.
Qonunni bilmaslik jazodan ozod qilmaydi.
Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali tizim muhandisi D.Alimdjanov