EMMM yangiliklari

Farg‘ona viloyatida navbatdagi tezkor qidiruv tadbiri o‘tkazildi

So‘nggi yillarda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” gi 801-sonli Qaroriga muvofiq Farg‘ona viloyati hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotish, o‘rnatish, xorijdan olib kirish hamda foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablariga rioya qilmaslik holatlari ko‘payib bormoqda. Ushbu holatlarni kamaytirish maqsadida Davlat Xavfsizlik Xizmati Farg‘ona viloyati Boshqarmasi, Farg‘ona viloyati IIB JXX XPB bo‘limi, Farg‘ona viloyati “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi va Elektromagnit Moslashuv Xizmati tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Marg‘ilon shahar va Qo‘shtepa tuman hududida tezkor tadbir o‘tkazildi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida quyidagilar aniqlandi:

Farg‘ona shahri, Gaz saqlash ombori hududida Abdullayev S.  tomonidan tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarni olmasdan, noqonuniy ravishda 2 (ikki) dona “Xiaomi MI Walkie Talkie Lite rusumli ratsiyadan foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

photo2026-10-2316-04-29.jpg

Tadbir davomida shuningdek quyidagilar aniqlandi: Marg‘ilon shahrida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalar bog‘chasi xodimi, fuqaro Fayzullayev A.  tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarni olmasdan, noqonuniy ravishda 4 (to‘rt) dona “BAOFENG C-6” rusumli ratsiyadan foydalangan.

Quvasoy shahrida ko‘mir ombori ishchisi, fuqaro Nishonboyev D. J. tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarni olmasdan, noqonuniy ravishda 6 (olti) dona “BAOFENG 999-H” rusumli ratsiyadan foydalangan.

photo2026-10-2316-04-34.jpg

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan barcha ratsiyalar IIB JXX XPB tomonidan musodara qilindi va qonunchilikda ko‘rsatilgan tartibda tegishli jazolar qo‘llanilishi uchun fuqarolar hujjatlar to‘plami Yuqorida ko‘rsatilgan fuqarolarga nisbatan to‘plangan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rish va ma’muriy javobgarlik masalasini hal etish uchun “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limiga yuboriladi. Qonunni bilmaslik jazodan ozod qilmaydi.

 

Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi D.Alimdjanov

Faylni tanlang