EMMM yangiliklari

Hashar

Joriy yilning 14-mart kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida xayriya hashari tashkil etildi. 

Umumxalq hashari doirasida korxonaning barcha bo‘lim va xizmatlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar faol ishtirok etdilar. Jamoa a’zolari birdamlik va hamjihatlikda ish olib borib, korxona hududini yanada obod va ko‘rkam holga keltirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Hashar davomida korxona binosi atrofidagi hududlar tozalanib, chiqindilar yig‘ishtirildi, qurib qolgan shox-shabbalar olib tashlandi hamda atrof-muhit tartibga keltirildi. Shuningdek, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari doirasida hududga bir nechta manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ekilgan ko‘chatlarga zarur parvarish ishlari olib borilib, ularning yaxshi o‘sib-ulg‘ayishi uchun sharoit yaratildi.

Mazkur hashar nafaqat hududni obod qilish, balki jamoa o‘rtasida hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlashga ham xizmat qildi.

photo2026-03-1617-03-33.jpg

photo2026-03-1617-03-41.jpg

photo2026-03-1617-03-46.jpg

photo2026-03-1617-03-51.jpg

photo2026-03-1617-03-56.jpg

photo2026-03-1617-04-01.jpg

photo2026-03-1617-04-10.jpg

photo2026-03-1617-04-14.jpg

photo2026-03-1617-04-19.jpg

photo2026-03-1617-04-23.jpg

photo2026-03-1617-04-29.jpg

photo2026-03-1617-04-33.jpg

photo2026-03-1617-04-37.jpg

photo2026-03-1617-04-41.jpg

photo2026-03-1617-04-45.jpg

photo2026-03-1617-04-48.jpg

photo2026-03-1617-04-53.jpg

photo2026-03-1617-04-57.jpg

photo2026-03-1617-05-00.jpg

photo2026-03-1617-05-04.jpg

photo2026-03-1617-05-14.jpg

Faylni tanlang