
Qoraqalpog‘istonlik Beknazarning yangi Startapi Y Combinatorda namoyish qilindi
Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida hurmatli Prezidentimiz yangi IT Park binosida Beknazar Abdikamalovning METAning Osiyodagi birinchi investitsiyasi sifatida Forbes jurnalida yoritilgan Startapi haqida eshitib, unga kelgusi faoliyatida omad tilagan edilar.
Mana, ko‘z tegmasin, Beknazar o‘zining Sun’iy Intellekt asosidagi yangi startapini Y Combinatorga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Uning kelgusi faoliyatiga yangi zafarlar tilaymiz!
Siz ham Beknazar kabi dunyo bozoriga chiqadigan startap ustida ishlang! Katta bozordan daromad olish, back office va ishchi o’rinlarni esa O‘zbekistondan qilish kerak.
Startupbase.uz orqali startapingizni ro‘yxatdan o‘tkazing va qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalaning!